O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5630-sonli Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4126-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 maydagi 402-sonli qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4126-sonli qaroriga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining raisiga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tuzilmasini tasdiqlash, boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash huquqi berilgan.
Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 19 fevraldagi 7 k LS-sonli buyrug‘iga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy organlarining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda uning hududiy organlariga monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar sub’ektlarining faoliyatini nazorat qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish bo‘yicha vazifa va funksiyalar yuklatilgan.