Seminarda intellektual mulk obektlarini huquqiy himoya qilish, sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga o‘z vaqtida chora ko‘rish, xorijiy kompaniyalarning intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarini himoya qilish kabi yo‘nalishlarda bir qator masalalar dolzarb ekanligi, intellektual mulkni ishonchli himoya qilish, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda kontrafakt mahsulotlarga samarali qarshi kurashish haqida to‘htalib o‘tildi. Shuningdek, intellektual mulk sohasidagi so‘ngi yillarda amalga oshirilgan islohatlar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning muomalasiga qarshi kurashish, intellektual mulk huquqlarining buzilishiga qarshi tizimli va samarali kurashishda bevosita ishtirok etish, xususan, Monopoliyaga qarshi organning tegishli maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, qabul qilingan Qaror va ko‘rsatmalarni ijrosini ta’minlash, intellektual mulk sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyotini izchil va bir xilda ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida tushintirishlar berildi.