Hududiy boshqarma tomonidan, Xazorasp tumanida istiqomat qiluvchi fuqarotomonidan elektr energiyasidan hisoblangan qarzdorlikdan norozi bo‘lib Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligining “Call center” orqali qilgan murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
“Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan taqdim qilingan ma’lumotga asosan, iste’molchi xonadoni “Elektrhisob” dasturiga kiritilganligi, fuqaro ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida elektr hisoblash uskunasi 123 kVt ko‘rsatkichda ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida murojaatda qayd qilingan holatlar o‘z tasdig‘ini topdi, ya’ni 2020 yilda elektr hisoblash uskunasi 878 kVt ko‘rsatkichi bilan dasturga noto‘g‘ri kiritilishi natijasida ortiqcha qarzdorlik hisoblangan.
Hududiy boshqarma aralashuvi natijasida, fuqaro xonadoniga nisbatan ortiqcha hisoblangan 222,7 ming so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi va iste’molchining hisob raqamida 10 030 so‘m oldindan to‘lovi mavjudligi ma’lum bo‘ldi.