Hududiy boshqarma tomonidan, Xorazm viloyatida yashovchi fuqaro 0052364 raqamli gaz hisoblash uskunasidagi ortiqcha hisoblangan 14452 m3 xajmdagi tabiiy gazni yangi o‘rnatilgan gaz hisoblash uskunasiga o‘tkazib berishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘rganish jarayonida, hududiy boshqarmaga, “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filialining taqdim qilgan ma’lumotiga asosan, fuqaro tomonidan tabiiy gaz uchun oxirgi marta 2017 yilning mart oyida 220000 so‘m to‘lov amalga oshirilgan bo‘lib, 2020 yil dekabr oyigacha tabiiy gaz haqi uchun to‘lov amalga oshirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek,iste’molchining abonent varag‘i o‘rganib chiqilganda shu o‘tgan davrlar mobaynida gaz ta’minoti korxonasi tomonidan “Billing” bazasiga 2018 yilning iyun oyigacha gaz hisoblagichning ko‘rsatkichi noto‘g‘ri kiritilgan bo‘lib, ushbu noto‘g‘ri kiritilgan ko‘rsatkichlar natijasida yuzaga kelgan 3 561 028 so‘m qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, iste’molchining hisob raqamiga qaytarilganligi ma’lum bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarorining 9-bob; 101 bandiga asosan “Foydalanilgan tabiiy gaz uchun to‘lov summasi tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlaridan ko‘rsatgichlarni olish vaqtida amal qilingan tariflar asosida hisoblanadi. Tariflar o‘zgarganda, avval hisoblangan summa bo‘yicha tariflar o‘zgarishiga qadar to‘lov amalga oshirilmagan bo‘lsa, qayta hisob-kitob qilinmaydigan qarzdorlik vujudga kelgan deb tan olinadi;”
102 bandiga asosan “Tariflar o‘zgargan hollarda tabiiy gaz xajmi uchun avans tariqasida to‘lovni amalga oshirgan iste’molchi ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishdan ozod qilinadi” deb ko‘rsatilgan.