Quyidagilar hududiy boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
1) hududiy boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
2) tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishni, “kartel” kelishuvlarni va til biriktirishlarni, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda insofsiz raqobatni aniqlash, ularni oldini olish va chek qo‘yish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ular amalga oshirilishini nazorat qilish;
3) savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magida monopoliyaga qarshi tartibga solishni tashkil qilish;
4) bozor ishtirokchilariga, shu jumladan, tabiiy monopoliya sub’ektlariga yuqori likvidli tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlash;
5) mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ishlarni tashkil qilish;
6) monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yuzasidan ishlarni tashkil etish;
7) monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘tkazilishini tashkil etish.
8) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy ijrosini ta’minlash;
9) iste’molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma’lumotlarni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda olish imkoniyatlarini ta’minlash;
10) aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
11) iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;
12) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish sohasida hamkorlik qilish;
13) iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish;
14) tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamaning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida reklama bozorini tartibga solish;
15) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
16) iste’mol bozorini, davlat tomonidan narx-navosi tartibga solinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining dinamikasi va shakllanishi mexanizmlarini o‘rganish.
Hududiy boshqarma o‘ziga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) hududiy boshqarma va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy ta’minlanishini amalga oshiradi;
2) hududiy boshqarma faoliyatining huquqiy ta’minotini amalga oshiradi;
3) hududiy boshqarmaning vakolatiga aloqador tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish, xo‘jalik hamda boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
4) qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobat rivojlanishini cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish bo‘yicha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Markaziy apparatiga takliflar kiritadi;
5) monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganadi va joriy etadi;
6) tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi;
7) o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni insofsiz raqobatchilardan himoya qilishni ta’minlaydi;
8) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tovar yoki moliya bozorlariga kirishini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar mahalliy davlat hokimiyati organlari va ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi;
9) tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi;
10) ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlar va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini amalga oshiradi;
11) “kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
12) ustun mavqeini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va tabiiy monopoliya sub’ektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
13) yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;
14) tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik sub’ektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari monitoringini olib boradi;
15) tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat qiladi;
16) shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
17) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarni ko‘rib chiqadi;
18) yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qo‘yilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
19) tabiiy monopoliya sub’ektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
20) tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va majburiy tarzda xizmat ko‘rsatiladigan iste’molchilar ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar kiritadi;
21) tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan taqdim etilayotgan tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarni, raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning) asossiz o‘sishini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi;
22) tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustamalariga rioya etilishini tahlil va nazorat qiladi;
23) raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi;
24) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida vakolatli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
25) idora va tashkilotlar ishtirokida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solishni yanada takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar, strategik dasturlar, «yo‘l xaritalari» va boshqa dasturiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqadi va agentlikka kiritadi;
26) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi;
27) qonun hujjatlarining iste’molchilarga ta’sirini baholaydi, davlat organlarining iste’molchilarning huquq va manfaatlarini buzadigan qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik ishlarini tashkil qiladi;
28) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilishi borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarini ko‘rib chiqadi;
29) iste’molchilarga tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularni ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risida o‘z vaqtida zarur, to‘g‘ri va tushunarli ma’lumotlarni, jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari-ni qo‘llagan holda yetkazilishini ta’minlaydi;
30) tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularni ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risida, tovarlarning inson sog‘lig‘iga ta’siri va boshqalar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi tizimni o‘z ichiga olgan elektron platformani yuritadi;
31) inson hayoti, salomatligi, mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlar, shuningdek ularning ishlab chiqaruvchisi (ijrochisi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga yetkazib boradi;
32) aholining iste’mol bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
33) iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini, shuningdek, aholining iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi;
34) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
35) televideniye va radiokanallarda, davriy nashrlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini, ushbu sohadagi muammo va kamchiliklarni hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, iste’mol madaniyati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish an’analarini keng targ‘ib qilish va tizimli ravishda yoritib borilishini ta’minlaydigan maxsus dasturlar (ruknlar) tashkil qiladi;
36) iste’molchilar huquqlari va aholining iste’mol madaniyatini shakllantirish masalalarini tizimli va tahliliy yoritishga bag‘ishlangan teledasturlar chiqishini kengaytiradi;
37) iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy masalalari bo‘yicha kundalik hayotda ko‘p uchraydigan savol va javoblar ko‘rinishidagi maxsus qo‘llanmalar (broshyuralar) tayyorlaydi va ularni aholi o‘rtasida, birinchi navbatda umumiy ta’lim maktablarida bepul tarqatilishini tashkil qiladi;
38) oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va iste’molchilik huquqi asoslarini o‘rganish bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil etadi;
39) iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
40) iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qiladi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlari bo‘yicha ogohlantiradi;
41) iste’molchilar qabulini tashkil qiladi, murojaatlarni o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
42) iste’molchilarga ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda, shu jumladan iste’molchilarning nomuayyan doiralarining qonuniy huquq va manfaatlarini sudlarda himoya qilishni ko‘zlab da’vo arizalari kiritish orqali amaliy yordam ko‘rsatadi;
43) iste’molchilarning nomuayyan doirasi yuzasidan ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, iste’molchining huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan huquqiy choralar ko‘rish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi;
44) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
45) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda va ichki bozorda sotiladigan iste’mol tovarlarining zarur sifatda bo‘lishini va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo‘lishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlari bilan hamkorlik qiladi;
46) inson hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni aniqlashda ishtirok etadi;
47) chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridini amalga oshiradi, ularni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) o‘tkazilishini tashkil qiladi;
48) huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, huquqbuzarlikni keltirib chiqaradigan sabablarni va sharoitlarni aniqlaydi va o‘rganadi, ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi;
49) iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratishda davlat boshqaruvi va nazorat qiluvchi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va jamoat organlari bilan birgalikda zarur chora-tadbirlarni olib boradi;
50) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, tashkilotlarda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirishlar o‘tkazadi;
51) o‘z vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qat’i nazar tashkilot, muassasa va korxonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi;
52) dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan ulgurji va chakana savdo ustamalariga rioya qilinishi ustidan nazorat qiladi;
53) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat organlarining reyestrini yuritadi va belgilangan tartibda e’lon qiladi;
54) davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan harakatlaridan (harakatsizligidan) o‘z vakolatlari doirasida himoya qilishni ta’minlaydi;
55) tadbirkorlik sub’ektlari bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etishga ishontirish maqsadida profilaktika suhbatlarini o‘tkazadi;
56) tadbirkorlik sub’ektlariga huquqbuzarlikni davom etishiga ular tomondan yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida tushuntirish orqali rasmiy ogohlantirish beradi, shuningdek, huquqbuzarlikka moyilligi bor tadbirkorlik sub’ektini, huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun javobgarligi to‘g‘risida ogohlantiradi;
57) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasining holati qoni-qarliligi yuzasidan fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazishni tashkil qiladi;
58) tadbirkorlik va iste’molchilik madaniyatini oshirishni takomillashtirishda ishtirok etadi;
59) tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘tkaziladigan «Tashabbus» ko‘rik-tanlovi doirasida «Yilning eng yaxshi mahsuloti» nominatsiyasida nomzodlarni tanlash jarayonida ishtirok etadi;
60) qonunda belgilangan tartibda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
61) reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamani yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;
62) reklama sohasida xorijiy davlatlarning davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshiradi;
63) davriy nashrlar, kitoblar, hujjatli materiallarning televizion va radio dasturlari, reklama mahsulotlarini tayyorlash, tarqatish va joylashtirish uchun materiallarning bepul nusxalarini oladi;
64) reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishi bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
65) reklama loyihalarining (video, audio va boshqa materiallar) reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar beradi;
66) reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda reklama beruvchidan, reklama ishlab chiqaruvchidan va tarqatuvchidan zarur hujjatlarni, tushuntirishlarni va boshqa ma’lumotlarni so‘rab oladi;
67) reklama beruvchiga, reklama ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchiga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzilganligi yuzasidan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatma yuboradi;
68) tashqi reklamani joylashtirish bo‘yicha yagona siyosatni olib boradi;
69) tashqi reklama ob’ektlarini qurish uchun berilgan yer uchastkalari, davlat mulki bino va inshootlari ro‘yxatlarini tuzishda qatnashadi;
70) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, madaniy, tarixiy va diniy ob’ektlar joylashgan joylardagi «reklamadan holi zonalar»ni aniqlashda qatnashadi;
71) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalarida jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari, biznes vakillari va ilmiy muassasalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatadi;
72) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida jamoatchilik nazorati faoliyatining muhimligini qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi;
73) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bo‘yicha ko‘ngillilar harakatini tashkil etadi hamda ularning samaradorligini oshiradi va faoliyatini kengaytiradi;
74) iste’mol bozorini, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxini o‘zgarishi va ularga narxlarni shakllantirish tartibini tahlil qiladi;
75) ichki iste’mol bozorlarida narxlarni barqarorlashtirish yuzasidan asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;
76) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustamalariga rioya etilishini tahlil va nazorat qilishda ishtirok etadi;
77) bozorlarda import tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganishda, import o‘rnini bosish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda ko‘maklashadi.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Xorazm viloyatidagi hududiy boshqarmasi qonun hujjatlariga, qo‘mita va agentlik rahbariyatining qonun xujjatlari doirasidagi topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.