Asosiy vazifalari va funktsiyalar quyidagilardan iborat:
- tovar, moliya va raqamli bozorlarda raqobat muhiti holatini, shu jumladan alohida olingan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt yoki shaxslar guruhi tomonidan ustun mavqeni egallash holatlarini tahlil qilish, monitoringini amalga oshirish va baholash;
- tovar yoki moliya bozorlarida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Davlat reestrini shakllantirish va yuritish;
- tegishli tovar va moliya bozorlaridagi munosabatlarni tartiblashtiruvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga takliflarni tayyorlash;
- sog‘lom raqobat muhitini barpo etish, bozorning barcha sub’ektlari uchun teng sharoitlarni yaratish maqsadida, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish (xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav kapitalidagi (fondi) davlat ishtirokini qisqartirish) bo‘yicha o‘rganishlarni o‘tkazish va tegishli takliflarni ishlab chiqish;
- sog‘lom raqobat muhiti va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganish maqsadida, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordamlarni (soliq va bojxona imtiyozlari, preferentsiyalar, eksklyuziv huquqlar) o‘rganish.