Amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq tabiiy monopoliya — bu tovar bozorining holati bo‘lib, unda texnologik xususiyatlar tufayli muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo‘lgan talabni qondirishning raqobatli sharoitlarini yaratish mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
Tabiiy monopoliya sub’ekti esa tabiiy monopoliya sharoitida tovarlar ishlab chiqarish (realizatsiya qilish) bilan band bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt (yuridik shaxs) hisoblanadi.
Tabiiy monopoliya sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonuni bilan tartibga solinadi.
Tabiiy monopoliya sub’ektlarining davlat reestrini tuzish va yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010 yil 11 oktyabrda 2147-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.