Ushbu sohada iste’molchilarni ximoya qilish maqsadida hududiy boshqarma tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni talablariga amal qilinishi ustidan davlat nazoratini olib borish;
- Iste’molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma’lumotlarni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda olish imkoniyatlarini ta’minlash;
- Aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Monitoring (kuzatuv) ni tegishli tashkilot va organlar bilan birgalikda o‘tkazib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida takliflar va axborotlar kiritish;
- iste’mol bozorini, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxini o‘zgarishi va ularga narxlarni shakllantirish tartibini tahlil qilish;
- ichki iste’mol bozorlarida narxlarni barqarorlashtirish yuzasidan asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
- Iste’molchilardan kelib tushgan taklif, shikoyat va arizalarga belgilangan tartibda, muddatlarda ko‘rib chiqishni amalga oshirish.