Reklama faoliyatini tartibga solish maqsadida hududiy boshqarma quyidagi vazifalari bajaradi:
- reklama bozorini tartibga solish yo‘nalishida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
- qonunda belgilangan tartibda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
- reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamani yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;
- reklama sohasida xorijiy davlatlarning davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshiradi;
- davriy nashrlar, kitoblar, hujjatli materiallarning televizion va radio dasturlari, reklama mahsulotlarini tayyorlash, tarqatish va joylashtirish uchun materiallarning bepul nusxalarini oladi;
- reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishi bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
- reklama loyihalarining (video, audio va boshqa materiallar) reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar beradi;
- reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda reklama beruvchidan, reklama ishlab chiqaruvchidan va tarqatuvchidan zarur hujjatlarni, tushuntirishlarni va boshqa ma’lumotlarni so‘rab oladi;
- reklama beruvchiga, reklama ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchiga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzilganligi yuzasidan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatma yuboradi;
- seminar, ko‘rgazma, konferentsiya, shuningdek, ko‘plab tadbirlar, taqdimotlar va reklama tadbirlarini birlashtirgan holda, O‘zbekistonda marketing va reklama sohasida tadbirlar o‘tkazadi;
- tashqi reklamani joylashtirish bo‘yicha yagona siyosatni olib boradi;
- tashqi reklama ob’ektlarini qurish uchun berilgan yer uchastkalari, davlat mulki bino va inshootlari ro‘yxatlarini tuzishda qatnashadi;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, madaniy, tarixiy va diniy ob’ektlar joylashgan joylardagi «reklamadan holi zonalar»ni aniqlashda qatnashadi;
- reklama bozorini tartibga solish masalalarida jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari, biznes vakillari va ilmiy muassasalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatadi;
- reklama bozorini tartibga solish sohasida jamoatchilik nazorati faoliyatining muhimligini qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi.