1.Nomzodlarga quyiladigan asosiy malaka talablari:
- iqtisodiyot, moliya va huquqshunoslik yoki boshqa o‘zaro bog‘liq sohalarda bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lish (O‘zbekiston yoki xorijiy oliy o‘quv yurtlarining diplomlari);
- katta hajmdagi axborotni qisqa muddatlarda qayta ishlash, vazirliklar, idoralar va xorijiy tashkilotlar bilan doimiy aloqani ta’minlash;
- iqtisodiy va moliyaviy tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertiza qilish. O‘z faoliyati doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni o‘tkazish;
- amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish va tizimli muvofiqlashtirish;
- o‘zbek va rus tillarini mukammal bilish (ingliz tilini bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi);
- kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish (viloyat tashkilotlari va kompaniyalarida ish tajribasiga ega bo‘lgan nomzodlarga ustunlik beriladi);
- Microsoft Office dasturlarini bilish;
- lavozimga muvofiq boshqa malaka talablari.
- kasbiy, ishbilarmonlik odob-axloqi va xulq-atvor madaniyatining mavjudligi;
- bajariladigan ish uchun javobgarlik;
- jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish.
1-bosqich: Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi hamda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi bilan kelishilgan holda nomzodlar yuqorida ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligini aniqlash uchun suhbatdan o‘tkaziladi.
2-bosqich: Suhbatdan o‘tgan nomzodlartanlov o‘tkazilgandan so‘ng 3 kun muddat ichida tanlov natijalari to‘g‘risida xabardor qilinadi.
Ma’lumotnomani yuklab olish uchun: ma'lumotnoma shakli.zip