Bilamizki, xonadonlarimizga ichimlik suvi yetkazib berilganidan sо‘ng, uni о‘z ehtiyojimizga sarflaymiz va buning uchun amalda belgilangan tarif asosida pul tо‘laymiz. Agarda siz sarflanmagan ichimlik suvi uchun pul tо‘lashingizga tо‘g‘ri kelib qolsachi?
Xuddi shunday muammo Hazorasp tumanida yashovchi Fuqaro Komiljon Rо‘zmetovga duch keldi. Ichimlik suvi ta’minoti korxonasi tomonidan unga ichimlik suvidan 1 300,0 ming sо‘m qarzdorlik hisoblanganligi bildirildi. Shunda u ichimlik suvi uchun doimo hisob-kitob qilib kelayotgan bо‘lsada, qarzdorlik qayerdan kelganligini tushunmay hayron qoldi. Korxona vakillarining unga tо‘g‘ri tushuntirish bermaganligi va qarzdorlikni qoplash lozimligi tо‘g‘risidagi talablari, fuqaroni ichimlik suvi korxonasi faoliyatidan norozi bо‘lishiga va О‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qо‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga “Call center” orqali murojaat qilishiga sabab bо‘ldi.
О‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qо‘mitasining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassislari mazkur murojaatdagi holatni amaldagi qonunchilikka muvofiq о‘rganib chiqdi.
О‘tkazilgan о‘rganish jarayonida murojaatda qayd qilingan holatlar о‘z tasdig‘ini topdi, ya’ni murojaatgо‘y xonadoniga “Xorazm suv ta’minot” MCHJ tomonidan ichimlik suvidan 1 289 366 sо‘m mablag‘ ortiqcha yuklatilganligi ma’lum bо‘ldi.
Hududiy boshqarma aralashuvi natijasida, fuqaroning xonadoniga asossiz yuklatilgan 1 289 366 sо‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.