Hududiy boshqarma tomonidan aholining muammolarini o‘rganish maqsadida tashkil qilingan mazkur sayyor qabul yig‘ilish tarzida emas balki uyma-uy kirib aholi bilan uchrashuv tarzida tashkil qilindi.
Hududiy boshqarma har bir xodimi MFY vakillari bilan birgalikda ko‘chama-ko‘cha yurib aholi bilan uyiga borgan holda ularning hayotida vujudga kelayotgan muammo va masalalar to‘g‘risida suhbatlashishdi.
Har bir xonadon egalariga (oila a’zolariga) iste’molchilar huquqlarini ximoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, bugungi kunda fuqarolarning murojaatlariga sabab bo‘layotgan asosiy omillar, keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf qilish va ularning huquqlari buzilishini oldini olish maqsadida, aholiga @dorinarx_bot telegram kanalidan foydalanish, kommunal to‘lovlarni mobil ilovalar orqali amalga oshirish imkoniyatlari, mahsulot xarid qilganda uning yaroqlilik muddatiga e’tibor berish hamda huquqlari buzilgan hollarda hududiy boshqarma ishonch telefoniga murojaat qilishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Kun davomida xodimlar tomonidan mahalladagi jami 212 ta xonadonga kirib fuqarolar bilan uchrashildi. Shundan:
– 64 ta xonadonda istiqomat qilayotgan fuqarolar tomonidan muammosi yo‘qligini bildirganlar va ularga xodimlar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi;
– 148 ta xonadonda istiqomat qilayotgan fuqarolar tomonidan jami 171 ta murojaatlar qilingan.
Ushbu murojaatlarning asosiy qismi, ya’ni 132 tasi (77 %) kommunal sohasiga, 15 tasi (9 %) ijtimoiy sohaga, 11 tasi (6 %) bandlik masalalari va qolgan murojaatlar bank, savdo, sog‘liqni saqlash, soliq va tadbirkorlik sohalariga to‘g‘ri keladi.
Yig‘ilish raisi, hududiy boshqarma boshlig‘i U.Qalandarov fuqarolarga murojaatlari bo‘yicha vakolatli tashkilotlar ishtirokida o‘rganish ishlari o‘tkazilishi va tegishli ishlar amalga oshirilgan holda natijasi yuzasidan belgilangan tartibda to‘liq javob berilishi to‘g‘risida tushuntirdi.