Hozirgi kunlarda viloyatimiz hududidagi ayrim xonadonlarida gaz, elektr, suv tarmoqlaridagi nozozliklarni ta’mirlashda xizmatlar ko‘rsatilishini, ushbu xizmatlar uchun 45 000 so‘mdan pul mablag‘lari yig‘ib olinayotganligini, lekin xizmatlar bajarilmay kelayotganligi bilan bog‘liq murojaatlar hududiy boshqarmaga kelib tushmoqda.
Jumladan, murojatlarning birida hududiy boshqarmaning ishonch telefoni orqali Xiva tuman, Avazdunak mahallasi, Vatanparvar ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan. ko‘rsatilmagan hizmat uchun olingan 45 000 so‘m pul mablag‘i qaytarilishi mavzusidagi murojaatlar yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘rganish davomida hududiy boshqarma xodimlari tomonidan Xiva tuman, Avazdunak mahallasi, Vatanparvar ko‘chasidagi istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan ushbu masala yuzasidan suhbat qilinganida “Yong‘in xavfsizligida xonadonlarga texnik xizmat ko‘rsatish” UK tomonidan ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olayotganliklari malum bo‘ldi.
Mazkur holatda, “Yong‘in xavfsizligida xonadonlarga texnik xizmat ko‘rsatish” UK O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi, 2-qismi talabiga rioya qilinmagan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, “Yong‘in xavfsizligida xonadonlarga texnik xizmat ko‘rsatish” UK nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan hududiy boshqarma maxsus komissiya tomonidan ish ko‘rib chiqildi.
“Yong’in xavsizligida xonadonlarga texnik xizmat ko‘rsatish” UK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 21-moddasi, 2-qismi talabi buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida qayta takrorlamaslik ya’ni, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas degan talabiga rioya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarga gaz, elektr va suv tarmog‘idagi nosozliklarni ta’mirlashda shuningdek xizmatlar ko‘rsatishda iste’molchilarga xizmatlar ixtiyoriy ekanligini bildirilib, Xiva tuman, Avazdunak mahallasi, Vatanparvar qo‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarningko‘rsatilmagan xizmatlar uchun olingan xaqlarini qayta hisob-kitob qilish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan muddatli Ko‘rsatma berildi