O‘zbekistan Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 25 dekabrdagi 922/03-17-sonli topshirig‘iga asosan, maxsus axborot portalga joylashtirilgan ochiq ma’lumotlar asosida davlat xaridlari sohasida doimiy ravishda o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.
O‘tkazilayotgan o‘rganish ishlari jarayonida “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlari buzilish holatlari aniqlanib, amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan, 2021 yilning yanvar oyida 3 ta buyurtmachi tashkilotga nisbatan ish qo‘zg‘atildi, 5 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan ogoxlantirish xatlari taqdim qilindi va 2 ta buyurtmachi tashkilotda aniqlangan holatlar bo‘yicha chora ko‘rishlik uchun ma’lumotlar xuquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘tkazildi.
Shuningdek, buyurtmachilar tomonidan maxsus portalga e’lon joylashtirishda ishtirokchilardan tuman (shahar) hokimi yoki o‘zining yuqori tashkiloti taqdim qilingan “kafolat xati” talab qilish holatlari ham kuzatilmoqda.
Bu o‘z navbatida, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasi 1-qismi 6-xatboshi talablari buzilishi hisoblanib, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 27-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.