Hududiy boshqarma tomonidan, Urganch shahar, Al-Xorazmiy ko‘chada yashovchi fuqaroning xonadoniga ichimlik suvi quvurlari o‘tkazilmaganligi lekin Urganch shahar ichimlik suvi ta’minoti korxonasi tomonidan xisoblangan asossiz qarzdorlikdan norozi bo‘lib qilgan murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘rganish jarayonida, “Xorazm suv ta’minoti” MChJning taqdim qilgan ma’lumotiga asosan, fuqaro xonadoniga ichimlik suv quvuri o‘tkazilmaganligi va ushbu manzilda hech kim istiqomat qilmayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Shulardan kelib chiqib, fuqaro xonadonining qarzdorligi qayta hisob kitob qilinib hozirgi kunda qarzdorligi mavjud emasligi va 1 800 000 so‘m asossiz hisoblangan mablag‘ iste’molchining foydasiga ijobiy hal qilingani ma’lum bo‘ldi.
Hududiy boshqarma aralashuvi natijasida, iste’molchining huquq va manfaatlaringiz himoya qilindi.
Agarda shunga o‘xshash muammolarga duch kelsangiz hududiy boshqarmaga bevosita murojaat qilishingiz mumkin.