Hududiy boshqarmaga Urganch tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning Usell kompaniyasi tomonidan uyali telefon raqamidan 125000 Mb trafik asossiz ravishda echib olinganligi yuzasidan murojaati kelib tushdi.
O‘rganish natijasida murojaatdagi holatlar o‘z tasdig‘ini topdi. Hududiy boshqarma aralashuvi natijasida Usell kompaniyasi tomonidan abonent raqamidan noto‘g‘ri ravishda echib olingan 125000 Mb iste’molchining abonent raqamiga qaytirib berilishiga erishildi.
Zero, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi qonunning 19-moddasiga ko‘ra, ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining huquqlari ximoya qilinishi kafolatlanadi.
Bu kabi murojaatlar yuzasidan, hududiy boshqarma tomonidan doimiy ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda, iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish borasida vakolat doirasida ularning manfaatlarini himoya qilib boriladi.