Hududiy boshqarma tomonidan har oyda tegishli hujjatlarga asoslanib monopol va yuqori likvidli mahsulotlarning belgilangan grafik asosida birja savdolariga qo‘yilishi va sotilishi, birja kotirovka narxlaridagi o‘zgarishlar, korxonalar tomonidan belgilangan grafiklarga rioya qilgan holda mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilib borilishi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3386-sonli qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “Tovar-xom ashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-4484-sonli qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar xom ashyo birjalari faoliyatiga ilg‘or axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarorining 2-ilovasiga asosan tasdiqlangan “Birja savdolarida yukori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi va qo‘mitaning 2020 yilda 29 iyuldagi 55-P-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomlar.