Hududiy boshqarma tomonidan qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida loyihalar va amaldagi qonun hujjatlarining raqobatga ta’siri baholanadi, davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklaydigan holatlar aniqlanadi.
Hududiy boshqarma ushbu funktsiyani O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 19 aprelda 3155-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash Metodikasi” asosida amalga oshiradi.
Raqobatga ta’sirni baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
loyihalarni hamda amaldagi qonun hujjatlarining huquqiy oqibatlarini tovar yoki moliya bozorlarida raqobatni cheklash qismi bo‘yicha umumiy baholash;
qonun hujjatlarini qo‘llash jarayonida tovar yoki moliya bozorlarida raqobatni cheklash xavfini aniqlash;
biznes yuritish uchun ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni olish tartib-taomillarini soddalashtirish va qisqartirish masalalarini o‘rganish;
tovar va moliya bozorining barcha ishtirokchilariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun teng imkoniyatlar yaratishda to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlash;