Birinchi navbatda ichki iste’mol bozorida nohalol raqobatga chek qo‘yish chora-tadbirlarini amalga oshirish hududiy boshqarmaning vazifalaridan biri hisoblanadi va quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
- o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni insofsiz raqobatchilardan himoya qilishni ta’minlaydi;
- yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasida insofsiz raqobatni ta’qiqlanishi belgilangan bo‘lib, insofsiz raqobatchilarga nisbatan qonun xujjatlariga muvofiq tegishli choralar ko‘riladi.