Monopoliyaga qarshi komplaens — bu raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlikni ta’minlash, ularni buzish xatarlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha ichki tashkiliy choralar va tartib-taomillar tizimi hisoblanadi.
Monopoliyaga qarshi komplaensning asosiy vazifalari bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:
davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi xatarlarini samarali boshqarish;
davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va yuridik shaxslar birlashmalari uchun obro‘ yo‘qolishining oldini olish;
biznesni yuritishning insofli amaliyotini shakllantirish.
Davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va yuridik shaxslar birlashmalarida monopoliyaga qarshi komplaensni joriy etish uchun mas’ul shaxs tayinlanishi mumkin.