Ushbu sohada iste’molchilarni ximoya qilish maqsadida hududiy boshqarma tomonidan quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
- uy-joy kommunal hizmat ko‘rsatish, qurilish va transport sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy ijrosini ta’minlash;
- iste’molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma’lumotlarni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda olish imkoniyatlarini ta’minlash;
- aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;
- iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish sohasida hamkorlik qilish;
- iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish;
- uy-joy kommunal hizmat ko‘rsatish, qurilish va transport sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasining holati qoniqarliligi yuzasidan fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazishni tashkil qilish;
- qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish.