- Tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish, ustun mavkeni suiiste’mol qilish, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish bо‘yicha amalaga oshirilgan ishlar.
amalga oshirilgan ishlar xususida.Hisobot davriga hududiy boshqarma tomonidan jami 17 ta tovar va moliya bozorlarida tahlil ishlari о‘tkazilgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qо‘mitasi, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda 27 tadan ortiq tovar va moliya bozorlarida о‘rganish ishlari amalga oshirilgan.О‘rganishlar natijalari yuzasidan Qо‘mitaga va tegishli viloyatlar hududiy boshqarmalariga ma’lumotlar yuborilgan.
yurituvchi subyektlar Davlat reyestri bо‘yicha.Hisobot davriga tovar va moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xо‘jalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga kiritilgan subyektlar soni 8 tani, mahsulot (ish, xizmat)lar soni esa 8 tani tashkil qildi.1. Xorazm viloyati avtomobil yо‘llari hududiy bosh boshqarmasi
mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolariga qо‘yilishi xususida.Hududiy boshqarma tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi PQ-3386-sonli va 2019 yil 8 oktabrdagi PQ-4484-sonli qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori
29 sentabrdagi 135 i/ch va 136 i/ch -sonli buyruqlariga muvofiq, “Urganch xalqaro aeroporti” MCHJ aeroport xizmatlari bо‘yicha Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestri hududiy bо‘limidan chiqarildi va “Xorazm Suv Ta’minoti” MCHJ suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari bо‘yicha Tabiiy monopoliya subyektlarining davlat reyestri hududiy bо‘limiga kiritildi).Bundan tashqari, viloyat hududida aeroport xizmati kо‘rsatuvchi “Urganch xalqaro aeroporti” MCHJ, aholi, korxona va tashkilotlarga elektr enargiyasi yetkazib beruvchi “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda quvurlar orqali tabiiy gaz uzatish xizmatini kо‘rsatuvchi “Urganchtransgaz” UK, tabiiy gazni quvurlar orqali transportirovka qilish xizmatini kо‘rsatuvchi “Hududgaz Xorazm” MCHJ Respublika miqyosida tabiiy monopoliyalar davlat reyestriga kiritilgan.
oqibatida aniqlangan asossiz daromadlar bо‘yicha.1. Hududiy boshqarma tomonidan, Xorazm viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanserining hududiy gaz ta’minoti filiali hisoblagan qarzdorlikdan norozi bо‘lib kiritgan arizasi yuzasidan 6 925,3 ming sо‘m iste’molchi hisobidan ortiqcha olingan daromad summasi aniqlangan. Aniqlangan noqonuniy daromadlarni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.10.2010 yil 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan xо‘jalik subyektlari tomonidan ixtiyoriy ravishda iste’molchilarga qaytarish va iste’molchisi aniqlanmagan holatda maxsus tranzit hisob raqamga о‘tkazish yuzasidan Xorazm viloyat hududiy gaz ta’minoti filialiga joriy yilning 14 fevral sanasida 06-07/02-sonli muddatli Kо‘rsatma berildi.Xorazm viloyat hududiy gaz ta’minoti filiali tomonidan hududiy boshqarmaning yuqoridagi kо‘rsatma talablari ixtiyoriy bajarilmaganli sababli, О‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risida”gi Kodekisining 178-moddasiga asosan, javobgar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib tegishli tartibda sudga yuborildi.
bо‘yicha batafsil ma’lumot Agentlikning 28.02.2020 yildagi 19-i/ch-sonli buyrug‘iga asosan, hududiy boshqarma tomonidan 04.03.2020 yilda 42-i/ch-sonli buyruq qabul qilindi va amalga oshirilishi lozim bо‘lgan ishlar yuzasidan chora tadbirlar belgilab olindi.
topshirig‘i yuzasidanHududiy boshqarma tomonidan, viloyatdagi bozorlar, savdo dо‘konlari va dorixonalarda tibbiy himoya niqoblari mavjudligi va chakana narxlari yuzasidan hamda viloyat hududida faoliyat kо‘rsatayotgan tibbiy himoya niqoblari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar tо‘g‘risidagi ma’lumotlar doimiy ravishda tahlil qilinib, ma’lumotlar agentlikka taqdim qilib borilmoqda.
murojaatlar tahlili va bu borada amalga oshirilgan ishlar Hududiy boshqarmaga iste’molchilar tomonidan hisobot davrida 903 ta ariza kelib tushgan. Ushbu arizalarning 101 tasi hududiy boshqarmaga qilingan murojaatlar, 29 tasi ijtimoiy tarmoqlar orqali qilingan murojaatlar, 204 tasi ishonch telefoni orqali, 208 tasi agentlik orqali, 4 tasi agentlik tomonidan о‘tkazilgan sayyor qabulda 357 tasi hududiy boshqarma tomonidan о‘tkazilgan sayyor qabulda qilingan murojaatlardir.Ushbu 903 ta murojaatlarni sohalar bо‘yicha tahlil qilinganda,619 tasi uy-joy, komunal va transport xizmatlar (68,5 foiz), 137 ta savdo va umumiy ovqatlanish (15,2 foiz), 90 ta aloqa va ijtimoiy xizmatlar
20 fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish tо‘g‘risida”gi qarori ijrosi bо‘yicha
I.Tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish, ustun mavqeini suiiste’mol qilish, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-sonli qaroriga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlari tashkil qilingan bo‘lib, ushbu qarorga asosan belgilangan funksiyalardan kelib chiqqan holda, raqobatni rivojlantirish, tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish, kartel kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning oldini olish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 402-sonli qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan va Nizomda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibi, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari, huquqlari va javobgarliklari belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6019-sonli Farmoniga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlariga qo‘shimcha vazifa va funksiyalar yuklatilgan.
Hududiy boshqarmaning “Tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish, ustun mavqeni suiiste’mol qilish, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish” bo‘limi tomonidan (keyingi jumlalarda “bo‘lim” – deb yuritiladi), 2021-yil davomida (keyingi jumlalarda “hisobot davri” – deb yuritiladi) tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish, ustun mavqeni suiiste’mol qilish, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish borasida, qo‘mita topshiriqlari hamda ish reja asosida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Bo‘lim xodimlari tomonidan qo‘mita va viloyat hokimligi topshiriqlari, xo‘jalik yurituvchi subektlardan kelgan murojaatlar, shuningdek hududiy boshqarmaning asosiy ish rejasida belgilangan vazifalar bo‘yicha topshiriqlar ijrosi o‘z muddatlarida ta’minlanib kelinmoqda.
Shuningdek, hisobot davrida bo‘lim xodimlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, mavjud qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish hamda raqobat muhitini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida, o‘rganish va tahlil ishlari amalga oshirildi.
Tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini tahlil qilish borasida
amalga oshirilgan ishlar xususida.
Hududiy boshqarma tomonidan, hisobot davrida jami 20 tadan ortiq tovar va moliya bozorlarida o‘rganish va tahlil ishlari amalga oshirildi.
Jumladan,
– avtomobil yo‘llari qurishni loyihalashtirish va rekonstruksiya qilish ishlari uchun loyiha-smeta hujjatlari va texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqarish xizmati vagon tarozilarini o‘rnatish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari;
– oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, xususan un va yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish;
– qurilish materiallari ishlab chiqarish, xususan pishgan g‘isht, qurilish oynasi ishlab chiqarish;
– telekommunikatsiya (internet, mobil aloqa) xizmatlari;
– qurilishda loyihalash xizmatlari;
– mol-mulkni baholash xizmatlari;
– kompozit shisha tolali mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish bozorlarida o‘rganish va tahlil ishlari amalga oshirilgan.
Yuqoridagi o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi “Urganch neft bazasi” MChJni neft mahsulotlari (benzin, dizel)ni yetkazib berish xizmati bo‘yicha va Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi “Xorazmyo‘lindustriya” UKni asfalt-beton qorishmasi ishlab chiqarish bo‘yicha Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning davlat reestriga kiritish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha Qo‘mitaga taklif kiritilgan.
Shuningdek, bo‘lim xodimlari tomonidan, hududiy boshqarmaning ish rejasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi PF-6019-sonli Farmoni 2-ilovasi bilan tasdiqlangan 2020-2024-yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasining 18-bandiga muvofiq imtiyoz va preferensiyalarning samaradorligini baholash yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazilgan.
O‘rganish ishlari viloyat Davlat soliq boshqarmasi hamda viloyati Bojxona boshqarmasi tomonidan viloyat hududida faoliyat olib borayotgan, davlat tomonidan soliq hamda bojxona imtiyozlari va preferensiyalar berilgan xo‘jalik yurituvchi subektlar to‘g‘risidagi taqdim qilingan ma’lumotlarga asosan amalga oshirilgan.
Taqdim qilingan ma’lumotlarga asosan 2018-2019-yillar hamda 2020-yilning
1-yarim yili davomida viloyat hududida faoliyat olib borayotgan jami 2022 ta subektlar 3 395,8 mlrd. so‘mlik soliq hamda bojxona imtiyozlaridan foydalanilganligi kuzatildi.
Jumladan, viloyat hududidagi xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan 2018-yilda 1 144,4 mlrd. so‘mlik, 2019-yilda 1 839,1 mlrd. so‘mlik va 2020-yil 1-yarim yili davomida 334,0 mlrd. so‘mlik soliq hamda bojxona imtiyozlardan foydalanilgan.
O‘tkazilgan o‘rganish davomida quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarga asosan xo‘jalik yurituvchi subektlarga individual soliq hamda bojxona imtiyozlari, preferensiyalar va eksklyuziv huquqlar berilganligi kuzatildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-maydagi PQ-3694-sonli qarori 6-bandi. “Xalq banki va Mikrokreditbank 2023-yil 1-yanvarga qadar quyidagi to‘lovlardan ozod etilsin:
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan bank jihozlari va texnikalarini olib kirish uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno)”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi
PQ-2658-sonli qarori 14-bandi. “O‘zagroservis” AK tarkibiga kiruvchi tashkilotlar hamda ularning hududiy filiallari tomonidan ko‘rsatiladigan mexanizatsiyalashgan, ta’mirlash va texnik xizmatlar 2022-yil 1-yanvargacha QQS to‘lashdan ozod qilinsin”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922-sonli qarori 10-bandi. “Ta’mirlash-tiklash xizmati” DUK 2022-yilning 1-yanvarigacha:
barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan;
Respublikada ishlab chiqarilmaydigan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadigan qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya vositalari, material va uskunalar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin”.
Shunga ko‘ra, bozordagi sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash maqsadida, yuqoridagi ko‘rsatilgan nomativ-huquqiy hujjatlarga asosan berilgan individual soliq hamda bojxona imtiyozlari, preferensiyalar va eksklyuziv huquqlarni bekor qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan taklif kiritish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha qo‘mitaga taklif yuborildi.
Tovar va moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik
yurituvchi subektlar Davlat reestri bo‘yicha.
Hisobot davriga tovar va moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subektlar Davlat reestriga kiritilgan subektlar soni 7 tani, mahsulot (ish, xizmat)lar soni esa 6 tani tashkil qildi.
1. Xorazm viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi:
– issiq va sovuq asfalt beton ishlab chiqarish.
2. “O‘zbekekspertiza” AJ “Xorazmekspertiza” MChJ shaklidagi ShXJ:
– tovarlar kelib chiqishini sertifikatlash.
3. “Urganch yog‘-moy” AJ:
– iste’mol yog‘ini ishlab chiqarish va sotish.
4. “Xorazmdonmahsulotlari” AJ:
– g‘allani quritish tozalash xizmati;
– urug‘lik g‘allani sotish;
– omuxta yem mahsulotini sotish.
5. “Xonqa don mahsulotlari” AJ:
– g‘allani quritish tozalash xizmati;
– urug‘lik g‘allani sotish;
– omuxta yem mahsulotini sotish.
6. “Shovot don mahsulotlari” AJ:
– g‘allani quritish tozalash xizmati;
– urug‘lik g‘allani sotish;
– omuxta yem mahsulotini sotish.
7. “Bog‘ot don” AJ:
– g‘allani quritish tozalash xizmati;
– urug‘lik g‘allani sotish;
– omuxta yem mahsulotini sotish.
Hududiy boshqarmaning ish rejasiga muvofiq doimiy ravishda tovar va moliya bozorida ustunlik mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subektlarning davlat reestri xatlovdan (inventarizatsiyadan) o‘tkazilib borilmoqda.
Hisobot davrida o‘tkazilgan tahlillar natijasida asfalt-beton qorishmasi ishlab chiqarish bozorida faoliyat olib borayotgan Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi “Xorazmyo‘lindustriya” UK tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi bo‘yicha bozordagi ulushi 2018-yilda 97,9 %ni, 2019-yilda 86,6 %ni va 2020-yilda 94,6 %ni tashkil qilganligi kuzatildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tovar va moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeini e’tirof etish hamda Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subektlarning davlat reestrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq “Xorazmyo‘lindustriya” UKni asfalt-beton qorishmasi ishlab chiqarish bo‘yicha Tovar va moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subektlar Davlat reestriga kiritish maqsadga muvofiq.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6262-sonli Farmoniga asosan “O‘zagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlar tugatilishi belgilangan.
Shunga muvofiq, hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 10-avgustdagi 116-ICh-sonli buyrug‘iga asosan “O‘zagrokimyohimoya” AJ va hududiy “Agrokimyohimoya” AJlar qishloq xo‘jaligi sohasiga mineral o‘g‘itlarni yetkazib berish hamda o‘simliklarni himoya qilish, zararkunandalarga, begona o‘tlarga va o‘simliklar kasalliklariga qarshi kurashish xizmatlari bo‘yicha Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subektlarning Davlat reestridan chiqarilgan va bu to‘g‘risidagi bildirishnoma hududiy boshqarma tomonidan belgilangan muddatda “Xorazm agrokimyohimoya” AJga hamda viloyat Moliya bosh boshqarmasiga yuborilishi ta’minlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yilning 28-may kuni o‘tkazilgan iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan monopol tovarlar bozorlariga xususiy sektor kirishiga imkoniyat yaratish va monopoliyalarni qisqartirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ga hamda hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga asosan quyidagilar belgilangan:
1. Monopolist korxonalarni monopol mavqeini yo‘qotganligi, iqtisodiyotga ta’siri pastligi, iqtisodiy nochorligi yoki qayta tashkil etish orqali monopoliyalar sonini qisqartirish bo‘yicha:
– O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi Xorazm viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi.
2. Monopol tovar bozorlariga xususiy sektorni kirishi uchun imkoniyatlar yaratish, shu jumladan eksklyuziv huquqlarni bekor qilish, litsenziyalash, ruxsat beruvchi jarayonlarni qisqartirish orqali mavjud muammolarni bartaraf qilish orqali monopoliyalar sonini qisqartirish bo‘yicha:
– “O‘zbekekspertiza” AJ “Xorazmekspertiza” MChJ shaklidagi ShXJ;
– “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi tarkibidagi “Urganch yog‘-moy” AJ;
– “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi 4 ta don korxonasi.
Ustun mavqeni suiiste’mol qilish, monopol va yuqori likvidli
mahsulotlarni birja va kimoshdi savdolariga qo‘yilishi xususida.
Hisobot davrida bo‘lim xodimlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 402-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda Qo‘mitaning topshirig‘iga asosan viloyat hududida Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subektlarning davlat reestriga kiritilgan xo‘jalik subektlar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yetkazib berish va ko‘rsatiladigan xizmatlar yuzasidan joriy yilning I choragi davomida to‘g‘ridan to‘g‘ri imzolangan shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazilgan.
O‘rganish davomida viloyat hududida Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subektlarning davlat reestriga kiritilgan 6 ta xo‘jalik subektlar tomonidan taqdim qilingan to‘g‘ridan to‘g‘ri imzolangan jami 78 ta shartnomalar (shundan, 1 tasi namunaviy shartnoma) shartlari tahlil qilindi.
Ushbu shartnomalardan faqatgina “Xonqa don mahsulotlari” AJ tomonidan taqdim qilingan namunaviy shartnoma shartlarida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi 5-xatboshisi talablariga zid ya’ni, shartnomalarga kamsituvchi shartlar kiritilganligi kuzatildi.
Shunga ko‘ra, hududiy boshqarma tomonidan “Xonqa don mahsulotlari” AJga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilib, maxsus komissiya tomonidan qonunbuzilish holatini bartaraf qilish va kelgusida qayta takrorlamaslik to‘g‘risida muddatli Ko‘rsatma berildi va Ko‘rsatma talablari to‘liq bajarilishi ta’minlandi.
Shuningdek, Qo‘mitaning 2021-yil 10-sentabrdagi 1301/04-20-sonli topshirig‘iga asosan Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subektlarning davlat reestriga kiritilgan xo‘jalik subektlardan 5 tasi tomonidan joriy yilning 1-sentabr kuniga qadar mahsulotlarni sotish yoki xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan jami 75 ta shartnomalar shartlari tahlil qilindi.
Ushbu shartnomalar shartlari tahlili natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga zid holatlar kuzatilmadi.
Bo‘lim xodimlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-sonli, 2019-yil 8-oktabrdagi PQ-4484-sonli va 2021-yil 17-martdagi PQ-5031-sonli qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizom talablari bajarilishini nazorat qilish maqsadida, muntazam ravishda tovar va moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan birja savdolari orqali sotilishi belgilangan yuqori likvidli va monopol tovarlarni belgilangan grafik asosida savdolariga qo‘yilishi va sotilishi, birjada shakllangan o‘rtacha narxlardagi o‘zgarishlar va korxonalar tomonidan belgilangan grafiklarga rioya qilinishi bo‘yicha doimiy ravishda o‘rganish va tahlil ishlari o‘tkazilmoqda.
Hisobot davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5031-sonli qaroriga asosan 2021-yil 15-iyundan boshlab 2022-yil 1-yanvarga qadar monopolist bo‘lmagan va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yoki davlat ulushi mavjud bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan paxtadan olingan chigit, paxta moyi (jumladan, ekstraksiya paxta moyi) va qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida realizatsiya qilini belgilanganligi yuzasidan viloyat hududidagi barcha paxta-to‘qimachilik klasterlariga tushuntirishlar berilgan.
Shu bilan birgalikda qo‘mitaning 2021-yil 5-maydagi 755/04-21-sonli xati viloyat hududidagi 11 ta paxta-to‘qimachilik klasterlariga yuborilib, qaror talablari bo‘yicha chigit, yog‘-moy mahsuloti va qo‘shimcha mahsulotlarni (lint, o‘lik paxta va boshqalar) yog‘-moy korxonalari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarga faqat birja savdolari orqali sotilishi, shuningdek, amaldagi qonun talablariga zid harakatlar sodir etilganligi aniqlangan taqdirda belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida barcha paxta-to‘qimachilik klasterlari ogohlantirilgan.
Shuningdek, bo‘lim xodimlari tomonidan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subektlarning davlat reestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subektlar xususan, “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi tarkibidagi “Urganch yog‘-moy” AJ va “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi don korxonalari hamda paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan birja savdolari orqali sotilgan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar bo‘yicha oylik ma’lumotlar tahlil qilinib, Qo‘mitaga taqdim qilib borilmoqda.
Hisobot davrida viloyat hududida yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirib kelayotgan “ANUShTEGEN IMPEX” MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan 558,5 tonna paxta yog‘ining 546,5 tonnasi hamda 1 510 tonna shrot va 978,6 tonna sheluxa mahsulotlari to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalarga asosan sotilganligi kuzatilgan.
Shunga ko‘ra, “ANUShTEGEN IMPEX” MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PQ-5031-sonli qarori 1-bandi “b” kichik bandi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom hamda yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish bo‘yicha grafik tasdiqlanib, hududiy boshqarmaga taqdim qilinmaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi uchun ish qo‘zg‘atilib maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan va qononbuzilish holatini to‘xtatish va kelgusida qayta takrorlamaslik to‘g‘risida muddatli ko‘rsatma berilgan.
Shuningdek, hisobot davrida hududiy boshqarma tomonidan “O‘zRTXB” AJ Xorazm viloyat filiali bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil 14-dekabrdagi PQ-51-sonli qarori bilan ichki bozorda yuqori likvidli va monopol tovarlar narxlarini sun’iy oshirishga, ularga tanqislik va ajiotaj talabning vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5031-son qarori 1-bandining “b” kichik bandi birinchi xatboshisiga o‘zgartirish kiritilganligi inobatga olingan holda viloyat hududidagi paxta-to‘qimachilik klaster korxonalari va yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘rtasida seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil17-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-5031-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi shuningdek, paxta-to‘qimachilik klaster korxonalari va yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning takliflari o‘rganildi.
Tanlov (tender) savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar hamda savdolarni o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib kelgan kelishib olingan harakatlar bo‘yicha.
Hududiy boshqarma tomonidan, davlat xaridlarini amalga oshirilishi jarayonida davlat buyurtmachilari tomonidan raqobatni cheklanishiga yo‘l qo‘yilayotganligi va raqobat muhitiga ta’sir ko‘rsatilayotgan boshqa holatlar bo‘yicha tadbirkorlik subektlari tomonidan qilingan murojaatlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi xaridlarni amalga oshirilishi jarayonidagi manfaatlar to‘qnashuvi, tanlov savdolarini o‘tkazishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish bilan bog‘liq holatlar mavzusidagi tanqidiy chiqishlar, maxsus axborot portali orqali o‘tkazgan savdolarni monitoringi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlariga asosan muntazam ravishda o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jalb qilingan o‘rganishlar va nazorat tadbirlarida bo‘lim xodimlari tomonidan davlat buyurtmachilari hamda strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar tomonidan o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya qilinganligi o‘rganilib, aniqlangan holatlar bo‘yicha ma’lumotlar tegishli organlarga taqdim qilib kelinmoqda.
Hisobot davrida hududiy boshqarma tomonidan jami 745 ta tanlov (tender) savdolari bo‘yicha o‘rganish ishlari o‘tkazilgan. Xususan:
1. Qo‘mitaning 2020-yil 26-noyabrdagi 136-P-sonli buyrug‘iga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda viloyat hududidagi suv xo‘jaligi va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalaridagi davlat xaridlari jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etilganligi holati o‘rganilgan.
O‘rganish davomida jami 97 ta tanlov (tender) savdolari o‘rganilgan, shundan 58 ta tanlov (tender) savdolarida 59 ta holatda (25 ta holatda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi 1-qism 2-xatboshi talablari va 34 ta holatda ishtirokchilar o‘rtasida afillanganlik holatlari mavjud) qonunbuzilish holati aniqlangan.
Ushbu o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Qo‘mitaga taqdim qilindi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2021-yil
6-yanvardagi topshirig‘iga asosan qabul qilingan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil 8-yanvardagi 02-ICh-sonli buyrug‘i hamda Xorazm viloyat hokimligining 2021-yil 9-yanvardagi 5-93-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-2020-yillar davomida viloyat hududida qurilish, kommunal xo‘jaligi va yo‘l qurilish sohalaridagi investitsiya loyihalari doirasida o‘tkazilgan tender savdolari va amalga oshirilgan davlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etilganligi bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirilgan.
O‘rganish davomida jami 100 ta tanlov (tender) savdolari o‘rganilgan, shundan 21 ta tanlov (tender) savdolarida jami 32 ta holatda (14 ta holatda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi 1-qism 2-xatboshi talablari, 7 ta holatda
5-xatboshi talablari va 11 ta holatda ishtirokchilar o‘rtasida affillanganlik holatlari mavjud) qonunbuzilish holati aniqlangan.
Ushbu o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan holatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga taqdim qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2021-yil 19-aprelda tasdiqlangan “Qurilish, kommunal xo‘jaligi va yo‘l qurilish sohalaridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida ularni oldini olish bo‘yicha yo‘l xarita”siga muvofiq, yuqorida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish choralarini o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha qo‘mita tomonidan 2021-yil 10-mayda 439/03-17-sonli topshiriq berildi.
Shunga ko‘ra, hududiy boshqarma tomonidan Xorazm viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK, “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kopmaniyasi” DUK Xorazm viloyati filiali va “Xorazm mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUKlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan ish qo‘zg‘atilib, maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi.
Qo‘zg‘atilgan ishlarni ko‘rib chiqish natijasida Xorazm viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” IK, “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kopmaniyasi” DUK Xorazm viloyati filiali va “Xorazm mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUKlarga O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 14-moddasi talablari buzilishini kelgusida qayta takrorlamaslik yuzasidan muddatli Ko‘rsatmalar berildi, shuningdek tanlov (tender) savdolariga doir talablarni buzganligi sababli O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasiga asosan “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kopmaniyasi” DUK Xorazm viloyati filialining mas’ul shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 178-moddasi
6-qismidagi qonunbuzilish holati sodir qilinganligi uchun Sud tomonidan ma’muriy jarima qo‘llanildi.
3. Qo‘mitaning 2020-yil 25-dekabrdagi 922/03-17-sonli topshirig‘iga asosan “xarid.uz” maxsus axborot portalidagi ma’lumotlar asosida muntazam ravishda o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.
O‘rganish davomida 83 ta tanlov (tender) savdolarida 96 ta holatda (75 ta holatda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi 1-qism 2-xatboshi talablari, 6 ta holatda
3-xatboshi talablari, 2 ta holatda 5-xatboshi talablari, 4 ta holatda 6-xatboshi talablari va 9 ta holatda ishtirokchilar o‘rtasida afillanganlik holatlari mavjud) qonunbuzilish holati aniqlangan.
Hududiy boshqarma tomonidan, hisobot davrida tanlov (tender) savdolarini o‘tkazishda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya qilinmaganligi uchun tegishli tartibda Davlat buyurtmachilariga nisbatan jami 42 ta ishlar qo‘zg‘atilib, ko‘rib chiqilgan.
Hisobot davrida xaridlarni amalga oshirishda qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan Davlat buyurtmachilarining mas’ul shaxslariga nisbatan tegishli chora ko‘rilishi uchun 27 ta Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib sudga yuborilgan va 5 ta holatda huquqiy baho berish uchun hujjatlar prokuratura organlariga taqdim qilingan.
II. “Mahalliy hokimiyat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta’sirini
baholash va naholol raqobatga chek qo‘yish” bo‘limining 2021-yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi
Bo‘lim tomonidan, 2021-yil yanvar-dekabr oylari davomida (keyingi jumlalarda “hisobot davri” – deb yuritiladi) mahalliy hokimiyat organlari qarorlarining raqobat muhitiga ta’sirini baholash va naholol raqobatga chek qo‘yish borasida, qo‘mita topshiriqlari hamda ish reja asosida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Bo‘limga kelayotgan topshiriq va xatlarning ijrosi o‘z muddatlarida ta’minlanib kelinmoqda. Hisobot davri davomida qo‘mita va viloyat hokimligi topshiriqlari, xo‘jalik yurituvchi subektlardan kelgan murojaatlar, shuningdek hududiy boshqarmaning asosiy ish rejasida belgilangan vazifalar bo‘yicha topshiriqlar ijrosi ta’minlanib kelinmoqda.
Shuningdek, mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasida, O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va monopoliyaga qarshi organning faoliyatiga doir qonunosti hujjatlarini maqbullashtirish hamda raqobat muhitini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Qonun hujjatlarini raqobatga ta’sirini baholash bo‘yicha.
“ex-ante” — loyihalarning raqobatga ta’sirini baholash:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2019-yil 19-aprelda 3155-son bilan ro‘yxatga olingan qonun hujjatlarini raqobatga ta’sirini baholash Metodikasiga asosan hududiy boshqarma tomonidan, regulation.gov.uz sayti orqali joylashtirilgan viloyat boshqaruv organlari va mahalliy hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini raqobat muhitiga ta’sirini baholash bo‘yicha o‘rganish ishlari o‘tkazilib, tegishli tartibda xulosalar rasmiylashtilgan.
Jumladan, hisobot davrida hududiy boshqarma tomonidan shahar va tumanlar hokimlarining 24 ta “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorlari hamda 1 ta Urganch shahar hokimligining “Ko‘p kvartirali uylarni samarali boshqarish tizimini tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihalari o‘rganilib, qabul qilinishining raqobat muhitiga ta’siri baholangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 12-moddasiga asosan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining xo‘jalik yurituvchi subektlarning iqtisodiy faoliyatiga oqibatda raqobat cheklanishi mumkin bo‘lgan tarzda aralashishi, shartnomalar tuzishda ustunlik berish, sotib oluvchilarning muayyan doirasiga tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish, moliyaviy mablag‘larning manbalarini tanlash va ulardan foydalanish yo‘nalishlarining afzalligi to‘g‘risida xo‘jalik yurituvchi subektga ko‘rsatmalar berishi, ayrim xo‘jalik yurituvchi subektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki imtiyozli shartlar (sharoitlar) belgilashi taqiqlanadi.
Mazkur qonun talablaridan kelib chiqib, transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishni belgilangan jadval asosida avtomobillarning texnik qarovi va ta’mir ishlarini bajarish uchun qulayliklar mavjud bo‘lgan barcha xo‘jalik subektlari tomonidan amalga oshirilishi mumkinligini belgilash masalasini ko‘rib chiqish lozimligi va ushbu qaror loyihasi O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni talablariga zid ekanligini inobatga olib, qaror loyihasini qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berildi.
Shuningdek, boshqa shahar va tuman hokimliklari tomonidan joylashtirilgan qaror loyihalarini raqobat muhitiga ta’sirini o‘rganish jarayonida ayrim tuman va shahar hokimliklari tomonidan transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun tuzilgan komissiya tarkibiga alohida bir sug‘urta tashkiloti yoki ko‘rikdan o‘tkazish huquqiga ega alohida korxonalar kiritilganligi kuzatildi.
Ushbu holatlar O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 12-moddasi talablariga zidligi sababli komissiya tarkibidan xo‘jalik yurituvchi subektlarni ya’ni alohida bir sug‘urta tashkiloti yoki ko‘rikdan o‘tkazish huquqiga ega alohida korxonalarni chiqarib tashlash, komissiya a’zolarining vazifalarini aniq belgilash hamda qaror loyihasini qayta ko‘rib chiqish lozimligi yuzasidan xulosalar rasmiylashtirilib tegishli hokimliklarga yuborildi.
Shuningdek, hududiy boshqarma tomonidan qonun hujjatlarini raqobatga ta’sirini baholash yuzasidan regulation.gov.uz sayti orqali joylashtirilgan viloyat boshqaruv organlari va mahalliy hokimiyat organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini raqobat muhitiga ta’sirini baholash bo‘yicha muntazam ravishda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
“ex-post” — amaldagi qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash:
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019-yil 19-martdagi “Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 01-11/01-05-sonli qarori bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 2019-yil 19-aprelda 3155-son bilan ro‘yxatga olingan) qonun hujjatlarini raqobatga ta’sirini baholash metodikasi hamda qo‘mitaning 2021-yil 16-martdagi “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tegishli xalq deputatlari tomonidan qabul qilingan hujjatlarni raqobatga ta’sirini o‘rganishni tashkil qilish to‘g‘risida”gi 26-ICh-buyrug‘i hamda hududiy boshqarmaning 2021-yil 17-martdagi 49-ICh-sonli buyrug‘i asosan, davlat boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlarida qabul qilingan tadbirkorlik subektlari faoliyatiga taalluqli bo‘lgan qaror (buyruq, farmoyish, bayonnoma va h.k.) va yozishmalarni hamda jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq arizalarining qanoatlantirilishini raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan har oyda tasdiqlangan grafik asosida xatlovdan o‘tkazilib qilingan ishlar natijasi bo‘yicha qo‘mitaga ma’lumotlar taqdim qilib borilmoqda.
Jumladan: (davlat boshqaruvi organlari bo‘yicha)
Xorazm viloyati qurilish bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Xorazm viloyati transport boshqarmasi, Xorazm viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Xorazm viloyati boshqarmasi, Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi, Xorazm viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Xorazm viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshkarmasi, Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi, Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi, Xorazm viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Xorazm viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi, Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, Xorazm viloyati Bojxona boshqarmasi, Xorazm viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va Xorazm viloyati O‘rmon xo‘jaligi boshqarmalarida (jami 17 ta davlat boshqaruvi organlarida) qabul qilingan tadbirkorlik subektlari faoliyatiga taalluqli bo‘lgan qaror (buyruq, farmoyish, bayonnoma va h.k.) va yozishmalarni hamda jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq arizalarining qanoatlantirilishini raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan belgilangan grafik asosida xatlov ishlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan xatlov jarayonida (jami 12 ta davlat boshqaruvi organlari) boshqaruv organlarida, O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunining 12-moddasi talablari buzilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Xorazm viloyati transport boshqarmasi, Xorazm viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, Xorazm viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi, Xorazm viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Xorazm viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Xorazm viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshkarmasi, Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi, Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi, Xorazm viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Xorazm viloyati qishloq ho‘jaligi boshqarmasi hamda Xorazm viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarida aniqlangan qonun va qonun osti me’yoriy xujjatlari buzilishi bo‘yicha hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi va qaror hamda muddatli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, (Mahalliy hokimiyat organlari bo‘yicha)
Urganch shahar hokimligi, Xiva shahar hokimligi, Bog‘ot tumani hokimligi, Qo‘shko‘pir tumani hokimligi, Gurlan tumani hokimligi, Urganch tumani hokimligi, Yangiariq tuman hokimligi, Hazorasp tuman hokimligi, Xiva tuman hokimligi, Shovot tuman hokimligi, Xonqa tuman hokimligi, Tuproqqal’a tuman hokimligi hamda Yangibozor tuman hokimliklari tomonidan (jami 13 ta mahalliy hokimiyat organlari) tadbirkorlik subektlari faoliyatiga taalluqli bo‘lgan qaror (qaror, farmoyish, bayonnoma va h.k.) va yozishmalarni hamda jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq arizalarining qanoatlantirilishini raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan belgilangan grafik asosida xatlov ishlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan xatlov jarayonida yuqorida nomlari ko‘rsatilgan barcha (Xonqa tuman hokimligidan tashqari) hokimliklarga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi talablari buzilishi ishlar hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib muddatli ko‘rsatmalar berildi.
III. Hududiy boshqarmaning “Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish, narx va tariflarni va ularning qo‘llanilishini nazorat qilish” bo‘limi tomonidan 2021-yil davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
Bo‘lim tomonidan tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligidan 2010-yil 11-oktabrda 2147-son bilan ro‘yxatga olingan “Tabiiy monopoliya sub’ektlarining Davlat reestrini tuzish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablari yuzasidan muntazam ravishda o‘rganish va tahlil ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda viloyatda, jami quyidagi 5 ta tabiiy monopoliya sub’ektlari mavjud bo‘lib, ular 4 turdagi ish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha tabiiy monopoliya sub’ektlari davlat reestri ro‘yxatiga kiritilgan.
1. “Xorazm issiqlik manbai” DUK - aholi va korxonalarga issiq suv va issiqlik energiyasi yetkazib berish xizmati;
2. “Xorazm suv ta’minoti” MChJ - aholi va korxonalarga ichimlik suvi yetkazib berish hamda oqava suv xizmati;
3. “Temir yo‘l suvi” MChJ - oqava suv xizmati;
4. “Xorazm Obi-Hayot” MChJ - aholi va korxonalarga ichimlik suvi yetkazib berish;
5. “City Building Sales” MChJ - aholi va korxonalarga ichimlik suvi yetkazib berish;
Bundan tashqari, viloyat hududida aeroport xizmati ko‘rsatuvchi “Uzbekistan Airaports” AJ tarkibidagi “Urganch xalqaro aeroporti” MChJ, elektr enargiyasini transportirovka qilish xizmatini ko‘rsatuvchi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimidagi “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda tabiiy gazni quvur orqali transportirovka qilish xizmatini ko‘rsatuvchi “Urganchtransgaz” UK, tabiiy gazni quvur orqali transportirovka qilish xizmatini ko‘rsatuvchi “Hududgazta’minot” AJ tizimidagi “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali Respublika miqyosida tabiiy monopoliyalar davlat reestriga kiritilgan.
Monopoliyaga qarshi va tabiiy monopoliya qonunchiliklari
talablari buzilishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha.
Hisobot davrida, hududiy boshqarma tomonidan jami 101 ta ish qo‘zg‘atilgan. Jumladan:
"Raqobat to‘g‘risida"gi qonunning 10-moddasi “Ustun mavqeni suiiste’mol qilish” bo‘yicha – 2 ta;
"Raqobat to‘g‘risida"gi qonunning 11-moddasi “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlarini taqiqlash” bo‘yicha – 3 ta;
"Raqobat to‘g‘risida"gi qonunning 12-moddasi “Davlat boshqaruvi
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik shaxslar birlashmalarining raqobatni cheklaydigan hujjatlari hamda harakatlarini taqiqlash” bo‘yicha – 33 ta;
"Raqobat to‘g‘risida"gi qonunning 13-moddasi “Yuridik shaxslarning intelektual mulklaridan qonunga xilof ravishda foydalanish” bo‘yicha – 2 ta;
"Raqobat to‘g‘risida"gi qonunning 14-moddasi “Tanlov (tender) savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar” bo‘yicha – 42 ta;
"Raqobat to‘g‘risida"gi qonunning 16-moddasi “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga doir monopoliyaga qarshi talablar” bo‘yicha – 2 ta;
"Raqobat to‘g‘risida"gi qonunning 23-moddasi “Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etish” bo‘yicha – 3 ta;
"Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida"gi qonunning 15-moddasi “Tabiiy monopoliya sub’ektlarining majburiyatlari” bo‘yicha – 1 ta;
"Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida"gi qonunning 16-moddasi “Tabiiy monopoliya sub’ektlarining faoliyatini cheklash” bo‘yicha – 5 ta;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.10.2010 yildagi 239-sonli qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarini buzish bo‘yicha – 7 ta;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021 yildagi 346-sonli qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarini buzish bo‘yicha – 1 ta holatlar aniqlangan hamda belgilangan tartibda qonun buzilish holatlarini tugatish va kelgusida takrorlamaslik to‘g‘risida hududuiy boshqarma maxsus komissiyasining qaror va ko‘rsatmalari berilgan.
Monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini buzilishi
oqibatida aniqlangan asossiz daromadlar bo‘yicha.
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasiga muvofiq, tabiiy monopoliya sub’ektlarining faoliyatini tartibga solish sohasida “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2018-yil 1-yanvardan 2021-yil 1-sentabriga qadar iste’molchilarga yetkazib berilgan elektr energiyasi hajmlari va qo‘llanilgan tariflarning qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan jamiyat tomonidan hududiy boshqarmaga taqdim qilingan ma’lumotlar, qo‘mitaning yuqoridagi topshirig‘iga ilova qilingan o‘rganish savolnomasi asosida tahlil va o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tahlil va o‘rganish ishlari jarayonida “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonunning 16-moddasi 3-xatboshi “tabiiy monopoliya sub’ektlariga tovarlar uchun vakolatli organ belgilagan miqdordan ortiq haq olish” hamda 4-xatboshi “tabiiy monopoliya sub’ektlarining tovarlaridan foydalanish shartlarini tiqishtirish yoki tabiiy monopoliya sub’ektlarining tovarlari iste’molchilarini kamsitilishiga yoxud iste’molchilardan belgilangan narxlarda (tariflarda) hisobga olinmagan haq undirish evaziga daromad olishga olib keladigan boshqacha xatti-harakatlarni sodir etish” man etiladi degan talablariga rioya qilinmaganligi aniqlandi.
Jumladan, “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilardan jami 115 650,4 ming so‘m mablag‘lar ortiqcha olinganligi ma’lum bo‘ldi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 11-bandi talablariga asosan, “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish yuzasidan muddatli Ko‘rsatma berildi.
Shu bilan birga, oldingi yillarda undirishga qo‘yilgan 337 437,8 ming so‘m mablag‘lardan hisobot davrida 116 751,8 ming so‘m tegishli hisob raqamlarga undirildi.
IV. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish bo‘yicha 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
Hududiy boshqarma, 2021-yil davomida (keyingi jumlalarda “hisobot davri” - deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-sentabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5817-sonli Farmonida belgilab berilgan vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi “Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchillar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1015-sonli Qarorida belgilangan tartibda o‘z faoliyatini olib bordi.
Xususan:
Hududiy boshqarma tomonidan hisobot davrida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali iste’molchillarninghuquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan 335 marta chiqishlar, shundan 111 marta televideniyada, 12 marta mahalla radiosida, 26 marta viloyat radiosida, 10 marta gazetalarda, 176 marta ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar qilindi. O‘tkaziladigan tadbirlar seminarlar va boshqa tadbirlar uchun 36 marta telekanallar orqali e’lonlar berildi. Shuningdek iste’molchilarni huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonuni va qonunosti hujjatlarini targ‘ib qilish maqsadida 36 marta o‘quv amaliy seminarlari o‘tkazildi.
Hududiy boshqarma tomonidan, viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi 130 ta tadbirkorlik sub’etlarida monitoring ishlari olib borilib, shundan 105 ta tadbirkorlik sub’ektlariga narx navolarning joylashtirilishi hamda 4 ta tadbirkorlik sub’ektlariga tovarlarning yonma-yon saqlash qoidalariga amal qilinishi yuzasidan ogoxlantirishlar berildi.
Viloyat hududida joylashgan turg‘un savdo shoxobchalarida, ishlab chiqaruvchi sub’ektlarda sotilayotgan 108 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining eng yuqori chakana narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tuman-shaharlar kesimida o‘rganilib, ma’lumotlar har oy yakuni bilan viloyat hokimligiga hamda viloyat G‘anzachilik boshqarmasiga taqdim etilib borilmoqda.
Joriy yil davomida “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va qonunosti hujjatlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshirish va o‘rganish ishlari o‘tkazilib, o‘rganishlar natijasi bo‘yicha 18 ta qonunbuzar sub’ektlar nisbatan vakolat doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2005-yil 5-oktabrdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilishlarni bartaraf qilish va qayta takrorlamaslik yuzasidan muddatli Ko‘rsatmalar berildi.
Qonunbuzilish sodir qilgan sub’ektlar tomonidan 718,1 mln.so‘m miqdorida oshiqcha mablag‘ olinganligi aniqlanib, ushbu mablag‘larni iste’molchilarga qaytarish bo‘yicha muddali ko‘rsatmalar berildi va qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan 6 nafar mansabdor shaxs tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilinganligi uchun, O‘zbekiston Respublikasi MJtKga asosan choralar ko‘rilishi ta’minlandi.
Hududiy boshqarmaga iste’molchilar tomonidan hisobot davrida 933 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 92 tasi hududiy boshqarmaga qilingan murojaatlar, 166 tasi ishonch telefoni orqali, 487 tasi Agentlik orqali, 28 tasi Agentlik tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda 160 tasi hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda qilingan murojaatlardir.
Ushbu 933 ta murojaatlarni sohalar bo‘yicha tahlil qilinganda, 498 tasi uy-joy, komunal va transport xizmatlar (53,4 foiz), 196 ta savdo va umumiy ovqatlanish (21 foiz), 163 ta aloqa va ijtimoiy xizmatlar (17,4 foiz), 76 tasi reklama va boshqa sohalarga (8,2 foiz) to‘g‘ri keladi.
Ushbu murojaatlarning o‘rganish natijasida 185446.4 ming so‘m miqdorida mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Agentlikning 2021-yil 26-yanvardagi 01-ich-sonli avtotransport vositalarini bo‘lib to‘lash orqali sotish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalarni o‘rganish va tahlil qilish, shartnomalarda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi konun, sohani tartibga soluvchi qoida va boshqa normativ hujjatlar talablariga zid keluvchi normalarni muvofiqlashtirish yuzasidan tahlil ishlari o‘tkazildi.
Tahlil jarayonida hududiy boshqarmaning 2021-yil 7-apreldagi 656/01-08-sonli xati orqali, viloyat statistika boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra 2020-yil yakuni bo‘yicha 1-KV shakli (yillik) davlat statistika hisobotiga asosan, avtotransport vositalarini bo‘lib to‘lash orqali sotish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud emasligi ma’lum qilindi.
Agentlikning 2021-yil 2-fevraldagi 02-05/541-sonli topshirig‘iga asosan, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida talabalar turar-joyidan haqiqatda foydalanganlik bo‘yicha Urganch davlat universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiallarida o‘rganish o‘tkazilib, Urganch davlat universiteti 2019-2020 yil o‘quv yili uchun jami 124 nafar talabalardan 8 601 000 so‘m va 2020-2021 yil o‘quv yili uchun 322 nafar talabadan 10 933 000 so‘m ortiqcha mablag‘lar olinganligi, Toshket tibbiyot akademiyasi Urganch filiali 2019-2020-yil o‘quv yili uchun jami jami 104 nafar talabadan 4 931 459 so‘m va 2020-2021-yil o‘quv yili uchun jami 51 nafar talabadan 3 991 726 so‘m ortiqcha mablag‘ olinganligi va Toshket axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali 2019-2020-yil o‘quv yili uchun jami 77 nafar talabalardan 7 453 000 so‘m mablag‘lar ortiqcha olinganligi ma’lum bo‘ldi va qayta hisob kitob ishlari amalga oshirilishi ta’minlandi.
Hududiy boshqarma tomonidan, viloyatning shahar va tumanlarida turli yoshdagi fuqarolar bilan joyiga chiqqan holda jami 307 ta fuqarolar o‘rtasida joriy yilning fevral oyida tibbiyot sohasi iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilib so‘rovnomalar to‘ldirish jarayonida qatnashgan 307 ta fuqarodan foydalangan hususiy tibbiyot muassasalari e’lon qilingan ixtisosliklar bo‘yicha litsenziya mavjudligi, ko‘rsatiladigan pullik tibbiy xizmatlar ro‘yxati, narxlari, mutaxassislar malaka darajasi, xizmat ko‘rsatish tartibi va shartlari to‘g‘risida ma’lumotlar joylashtirilishi bo‘yicha keltirilgan savolga 116 ta (37,8%) fuqaro xa deb, 149 ta (48,5%) fuqaro yo‘q deb, 40 ta (13%) fuqaro joylashtirilgan, lekin ma’lumotlar to‘liq emas deb va 2 ta (0,7%) fuqaro ma’lumotlarni so‘raganda aniq javob ololmaganman deb bildirishgan.
Xususiy tibbiy xizmatdan foydalanganda qanday muammoga duch kelgansiz degan savolga 54 ta (17,6%) fuqaro noto‘g‘ri tashxis qo‘yish deb, 88 ta (28,7%) fuqaro to‘liq davolamaslik deb, 117 ta (38,1%) fuqaro ortiqcha tahlillar topshirishga qistash deb hamda so‘rovnoma qatnashchilarining 15,6% ya’ni 48 ta fuqaro xizmat ko‘rsatish sifati past deb bildirgan.
Boshqarma tomonidan viloyatdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarida “Iste’molchi raqamli makonda” va “Oqilona iste’mol – farovon turmush garovi” mavzularida seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazildi. Bundan tashqari, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda umumta’lim maktablari o‘rtasida “Siz huquqingizni bilasizmi” ko‘rik tanlovi onlayn tarzda tashkil qilindi va“Iste’molchilar diqqatiga!” maxsus plakatlar mahalla fuqarolar yig‘inlari, Davlat xizmatlari markazlari, Xalq qabulxonalari binolari, ijtimoiy soha, yirik savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga joylashtirildi.
Hududiy boshqarma tomonidan “NANO DIAGNOSTICS” MChJ, OATB Mikrokreditbank, “O‘zagrosug‘urta” AJ Xorazm filiali, “O‘zbektelekom” AK Xorazm filiali, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Xorazm filiallarida Press-tur o‘tkazildi. Press-tur davomida iste’molchilarga yaratilayotgan shart sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va holati, axoliga pullik tibbiyo xizmat ko‘rsatish holati, pullik va bepul xizmat turlari qo‘shimcha servis xizmatlari bo‘yicha soha mutaxassislaridan intervyular olinib ommoviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng iste’molchilar ommasiga yetkazildi.
Hududiy boshqarma tomonidan, viloyat hududidagi jami 160 dan ortiq savdo shoxobchalarida (bozorlar, yirik savdo markazlari, chakana savdo shohobchalarida) sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarni qonun xujjatlari talablariga mos ravishda tamg‘alanganligi, shu jumladan tayyorlangan sanasi va mahsulotining yaroqlilik muddati ko‘rsatilganligi holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi va 62 ta ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ishlab chiqarilgan sanasi hamda yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan jami 88 ta holatlaraniqlangan bo‘lib, shundan 14 tasi nooziq-ovqat hamda 74 tasi esa oziq-ovqat mahsuloti ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur tadbirkorlik sub’ektlarida amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi va kamchiliklar takrorlanganda tegishli tartibda choralar ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirish xatlari yuborildi.
Viloyatimiz hududidagi jami 33 ta qolipli non ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan belgilangan talablarga rioya qilinmaganligi kuzatildi va mavjud kamchiliklarni ihtiyoriy ravishda bartaraf etilishi aks holda belgilangan Nizom talablariga muvofiq chora ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirish xatlari yuborilgan bo‘lib, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan mavjud muammo va kamchiliklar bartaraf qilindi.
Hududiy boshqarma tomonidan, tanlanma ravishda viloyatimiz hudududida faoliyat olib borayotgan yirik 5 ta sug‘urta xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati o‘rganilib, ular tomonidan ma’lumotlar taqdim qilinib, sug‘urta faoliyatini amalga oshirish qo‘pol kamchiliklar aniqlanmadi.
Hududiy boshqarma tomonidan, viloyatimiz hududida faoliyat olib borayotgan dorixonalarda sotilayotgan aholi talabi yuqori bo‘lgan dori vositalarining chakana narxini o‘rganish davomida, jami 494 ta tadbirkorlik sub’ektlariga ogohlantirish xatlari yuborildi.
Bundan tashqari, Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamentining Xorazm viloyat bo‘limlari bilan hamkorlikda, viloyatimiz hududidagi 19 ta faoliyat olib borayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni o‘rganish davomida, qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan 10 ta tadbirkorlik sub’ektlariga ish qo‘zg‘atilib, 2 152 788 so‘mlik ortiqcha olingan mablag‘ni iste’molchilarga qaytarish yoxud iste’molchilarni aniqlash mumkin bo‘lmagan holatda monopoliyaga qarshi davlat organining shaxsiy g‘azna hisob raqamiga ixtiyoriy ravishda o‘tkazish to‘g‘risida muddatli Ko‘rsatma berildi.
Shuningdek, 2 ta tadbirkorlik sub’ekti tomonidan dori vositalarini kirim qilmasdan realizatsiya qilayotganligi sababli, belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar Soliq organlariga o‘tkazildi.
Viloyatdagi professional ta’lim muassasalarida “Butunjahon sifat xaftaligi” va “Isteʼmolchilik savodxonligini, oqilona isteʼmol modellari” mavzularida seminarlar va davra suhbatlari o‘tkazildi va “Butunjaxon sifat kuni”ga bag‘ishlangan maxsus ramka (tvibbon) va posterlar dexqon bozorlaridagi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarning iste’molchilarga ko‘rinarli joylariga joylashtirildi, shu bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlar orqali ham yoritildi.
Aholining iste’molchi sifatida bilimi va savodxonligini oshirish maqsadida joriy yilning 7-dekabr kuni “8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni”ga bag‘ishlab “MADAD” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining Xiva shahar huquqiy maslahat byurosi bilan hamkorlikda, Xiva shahar davlat xizmatlari markazi majlislar zalida mahalla fuqarolari yig‘ini faollari va aholi o‘rtasida targ‘ibot aksiyasi tadbirlari o‘tkazild va o‘tkazilgan barcha ma’naviy marifiy tadbirlar ommoviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng iste’molchilar ommasiga yetkazildi.
Aholiga kundalik hayotda foydalanish uchun suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berish bo‘yicha ishlar amalga oshirilib, xususan Gurlan tumani Navro‘z mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi va xodimlari bilan birgalikda ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashish orqali suxbatlar o‘tkazildi va 20 kg suyultirilgan gaz to‘ldirilgan ballonlarning narxi 22 400 so‘m bo‘lishiga qaramasdan axoliga xech qanday xizmatlar ko‘rsatilmasdan 26 000 so‘mdan yetkazib berilayotganligi, 16 ta xonadonga gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmasdan kelinayotganligi, murojaatlarga qaramasdan qo‘shimcha gaz balloni bilan ta’minlanmay kelayotganligi aniqlanib holat ijobiy hal qilinishiga erishildi. Bunday holatlar Urganch , Xonka tumanlarida o‘tkazilgan o‘rganishlarda ham aniqlanib kamchiliklar bartaraf etilishi ta’minlandi.
Xorazm viloyati hududida tabiiy gazdan ajratilgan hududlardagi abonentlarning hisob raqamlarida oldindan amalga oshirilgan to‘lovlar bugungi kungacha iste’molchilarga qaytarilmaganligi xususan “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarga asosan viloyat bo‘yicha iste’molchilarning tabiiy gaz uchun to‘lagan ortiqcha to‘lovlari jami 59720 abonentdan 2 214 798 431 so‘mni tashkil qilishi ko‘rsatilgan.
Xorazm viloyatidagi kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga iste’molchilar tomonidan 2020-yil davomida jami 2633 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, shundan 976 tasiga tushuntirish berilgan hamda 1367 tasi ijobiy hal qilingan, 47 ta ariza bugugngi kunda ishjarayonida bo‘lib 61 ta ariza rad qilingan, 1 ta ariza tegishli organlarga jo‘natilgan.
Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan, aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati, standartlar va o‘rnatilgan talablarga javob berishi yuzasidan Xorazm viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi, “Xorazm suv ta’minoti” MChJ xodimlari hamda Xorazm viloyati suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi bilan xamkorlikda o‘rganish ishlari o‘tkazilib, Urganch shahar hududidan vodoprovod suvidan 6 ta namuna olinib bakaterologiya va kimyoviy ko‘rsatkichlari tekshirildi, shundan 1 ta namuna suv bakterologik ko‘rsatkichi bo‘yicha talabga javob bermasligi, Yangiariq tumanida 3 ta namunadagi olingan ichimlik suvi, Xiva tumanidagi 4 ta namunadagi olingan ichimlik suvi, Gurlan tumanidagi 2 ta namunadagi olingan ichimlik suvi, Urganch tumanidagi 1 ta namunadagi olingan ichimlik suvi O‘zDSt 950:2011 talablariga javob bermasligi aniqlangan.
Shuningdek, Qo‘shko‘pir, Shovot, Yangibozor, Bog‘ot, Xazorasp, Xonqa, Tuproqqal’a, Xiva shaharlarida olingan suv namunalari O‘zDSt 950:2011 talablariga javob berishi aniqlangan.
Bu yuzadan, hududiy boshqarma tomonidan “Xorazm suv ta’minoti” MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi va tegishli ko‘rsatma berilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinishiga erishildi.
Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan, issiqlik ta’minoti korxonasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va me’yor darajasida yetkazib berilayotganligi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazilib, “Xorazm issiqlik manbai” DUK tomonidan, Urganch shahar va Shovot tumanida joylashgan jami 333 ta ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatilib, 1-son “Mustaqillik” mahallasi, Do‘stlik ko‘chasi 8-son uy, A.Bahodirxon ko‘chasi 220 uylarga, 1 kun davomida, Al-Xorazmiy kuchasi 98, 100, 102 son uylarga 2 kun davomida, A.Bahodirxon kuchasi 43, 43/1, 60A uylar, G‘.G‘ulom ko‘chasi 17, 19, Uzbekistan ovozi kuchasi 5 uylarga 3 kun davomida, K.Otaniyazov ko‘chasi 61, 61/1 uylar, Istiqlol ko‘chasi 12/1 uylarga 1 kun davomida, Al-Beruniy ko‘chasi 190 uy, Jayxun ko‘chasi 1 uylarga 2 kun davomida, Sheroziy ko‘chasi 4,16 uylar, O‘zbekiston 28, 29, 31 uylar, P.Maxmud ko‘chasi proezd 2, 5, 6 uylarga 3 kun davomida, Navoiy ko‘chasi 79, 81, 83, 85, 87 uylar, Jayxun ko‘chasi 38, 40, 42, 46 uylar, Ulug‘bek ko‘chasi 32, 87, 89 uylarga 1 kun davomida, Xonqa ko‘chasi 19, 21 uylar, Al-Xorazmiy ko‘chasi 21, 23, 23/1, uylarga 2 kun davomida, Temir yulchi ko‘chasi 14, 22, 26 uylar, Xonqa ko‘chasi proezd 11, 46 uy, Bo‘ston kuchasi 1, ZA, 5, I, 12, 16 uylar, Termiz ko‘chasi 15, 23/1, 23/2, 31A uylar, Namangan ko‘chasi 8 uylarga 3 kun davomida, Feruz ko‘chasi 1 uy, Al-Beruniy ko‘chasi 3, 5, 7, 9, 13, 13 A, 17, 19, 19A, 25, 25A, 27 uylar, O‘zbekiston ovozi ko‘chasi 23 ,25, 25 A uylarga 4 kun davomida, N.Kubro ko‘chasi proezd 7, 27 uy, R.G‘oipov ko‘chasi 12, 49 B uylarga 2 kun davomida, Yu.Babajanov ko‘chasi 19 uy, P.Mahmud ko‘chasi 1, 3, 7, 9 uylarga 3 kun davomida issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi aniqlanib,mazkur xonadonlarga issiqlik energiyasi yetkazib berilmaganligi natijasida, iste’molchilarga jami 3674039 so‘m to‘lov qayta hisob-kitob qilingan.
Hududiy boshqarma tomonidan, Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bilan xamkorlikda, Urganch, Xonqa, Bog‘ot, Xazorasp, Yangiariq, Xiva, Gurlan, Yangibozor, Qo‘shko‘pir, Shovot tumanlari bo‘yicha harakatlanuvchi yo‘nalishli taksi xizmatini ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati o‘rganilganda, ushbu o‘rganishlarda belgilangan yo‘nalishlarda xarakatlanayotgan avtomashinalarning tashqi va ichki jixozlari yo‘qligi, avtotransport vositalari ichki qismiga yo‘nalish sxemasi va yo‘l kira narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilib qo‘yilmaganligi, boshlang‘ich va oxirgi to‘xtash bekatlarida grafikda belgilangan vaqt oralig‘ida xarakat qilmayotganligi, yo‘lovchilarga yo‘l kira xaqi uchun chek yoki yo‘l chiptasi taqdim qilinmayotganligi belgilangan narxdan ortiqcha xaq olinayotganligi (Urganch-Begovot yo‘nalishi, masofa 22 km bo‘lib, belgilangan 4400 so‘m o‘rniga 5000 so‘mdan xaq olinmoqda) aniqlanib, Vazirlar Maxkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan aniqlangan qonun buzilishlari yuzasidan jami 17 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Boshqarmaga qilingan murojaatlar umumlashtirilib tahlil qilindi. Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning 7 oyligi davomida 687 ta murojaatlar qilingan bo‘lib, 392 tasi, ya’ni 57 foizi kommunal, qurilish va transport sohalariga tegishli bo‘lsa, 132 tasi savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga taaluqli masalalar, 115 tasi aloqa va moliyaviy xizmatlar, 48 tasi reklama va boshqa sohalarga tegishli.
Kommunal soha bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar gaz ta’minoti sohasida 200 ta (51 foizi), elektr energiyasi sohasida 76 ta (19,4 foizi) va ichimlik suvi sohasida 50 ta (12,8 foizi )ni tashkil qilgan bo‘lib, qolgan 66 tasi (16,8 foizi) boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.
Viloyat hududidagi barcha shahar va tumanlardagi kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bo‘limlariga, jami 17 ta bozorlarning kirish va chiqish joylarida iste’molchilarga ko‘rinarli qilib, umumiy 98 ta maxsus plakatlar joylashtirildi.
Shuningdek, 2021-yil davomida kommunal sohadagi murojaatlar o‘tgan yilgiga nisbatan ko‘paygan bo‘lib, ushbu murojaatlar asosan tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bo‘yicha kelib tushgan. Bugungi kunda, mazkur sohadagi tizimli kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf qilinishi yuzasidan “Hududgaz Xorazm” gaz ta’minoti filiali, “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Xorazm suv ta’minoti” MChJ ga ogohlantirish xatlari yuborildi. Shuningdek, hududiy boshqarma xodimlari tomonidan, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf qilish maqsadida, tasdiqlangan jadvallar asosida, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarida sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda. Bugungi kunga qadar joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan sayyor qabullarda jami 15 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 7 tasi gaz ta’minoti sohasida 6 tasi elektr energiyasi sohasida va 2 tasi ichimlik suvi yuzasidan. Ushbu murojaatlarning 11 tasiga xuquqiy tushuntirishlar berilib, 3 tasi joyida hal qilindi.
Hududiy boshqarma va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi bilan hamkorlikda, 2021-yil 26-noyabr kuni ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishi bilan shug‘ullanayotgan buyurtmachi va qurilish tashkilotlari ishtirokida 1 kunlik seminar yig‘ilishi o‘tkazildi, o‘tkazilgan tadbir ommoviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng iste’molchilar ommasiga yetkazildi.
Shuningdek kommunal sohadagi muammoli holatlar bo‘yicha sayyor qabul Shovot tumani hokimligi binosida o‘tkazilib, sayyor qabulda jami 4 ta fuqaro hamda 4 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning murojaatlari qabul qilinib, bugungi kunda murojaatlarni ijobiy hal qilinishi yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni va qonun osti hujjatlari talablariga mos kelishi yuzasidan biologik aktiv mahsulotlari (BAD) mahsulotlari reklamasi tarqatilishi holatlari o‘rganilib, Maksiflora Beybi sashe mahsuloti reklamasida Buning yechimi Maksiflora Beybi, Maksiflora kapsula reklamasida bu muammolarning yechimi bitta!, “JAYXUN INVEST” TABIATDAN SIZGA SOVG‘A!, Yunefron kapsula reklamasida samiy nastoyashiy, Evaflyu sashe mahsuloti reklamasida, Jayxun Invest eto reshenie vsex vashix zabolevaniy naturalniy travami, Antitoks kapsula mahsuloti reklamasida osobenno, Samoe luchshee, Sedofit relaks mahsuloti reklamasida kak nikogda! so‘zlari ishlatilib O‘zbekiton Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasi talablari buzilishi holatlari aniqlanib, hududiy boshqarma tomonidan mahsulotlari reklamasida O‘zbekiston respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun va qonun osti hujjatlariga talablariga mos holda joylashtirilishi bildirilgan.
Xorazm viloyati hududida faoliyat yuritayotgan https://t.me/mansurbek1104 telegram tarmog‘i “Imkon star biznes” x/k rahbari Otanazarov Mansurbek tamonidan 2020-yil 23-noyabrda ochilganligi unga O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni va qonun osti hujjatlari tushuntirildi va ijtimoiy tarmoqdagi kanal o‘chirilib, qonunbuzilish bartaraf qilindi.
Hududiy boshqarma tomonidan, “Qonun Doirasida” MChJning XORAZMBUGUN/24 nomli Telegram va Youtube ijtimoiy tarmoq kanallari orqali “EKOBOZOR” “URGANCh ECO ShOPPING CENTER” MChJ tomonidan qurilayotgan savdo kompleksi haqida https://youtu.be/LTA5S0P_2FY sonli noaniq reklamalar tarqatganlik yuzasidan belgilangan tartibda chora ko‘rilishini so‘rab pm.gov.uz portali (murojaat tartib raqami 89793-r/20) orqali qilgan murojaati bo‘yicha Hududiy boshqarmaning 2020-yil 6-oktabrdagi ogohlantirish xatiga javoban “XORAZM BUGUN” Youtube admini 24-sentabrdan reklamani olib tashlanganliki va ushbu reklamani qayta tarqatmaganligi sababli unga nisbatan chora qo‘llanilmasligini, agarda admin tomonidan ogohlantirish xatiga qaramasdan qayta ushbu reklama tarqatsa unga nisbatan vakolatimiz doirasida chora ko‘rilishi bo‘yicha tushuntirish berilgan.
Xorazm viloyati hududida faoliyat yuritayotgan http://t.me/Davringnisur_BassMuzic_Xorazm telegram tarmog‘i orqali “DAHN HANZAL” mahsuloti reklamasi mavjudligi aniqlanib, admin fuqaro Sarvar Yuldoshevga O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni va qonun osti hujjatlari tushuntirildi va ijtimoiy tarmoqdagi “DAHN HANZAL” mahsuloti reklamasi telegram gruppasidan olib tashlanib, qonun buzilish holati bartaraf qilingan.
Xorazm viloyati hududida faoliyat yuritayotgan https://t.me/royalqushkupir telegram tarmog‘i orqali alkogol ichimliklar reklamasi mavjudligi aniqlanib, admin “Universal Smart Elektronics” x/k rahbari fuqaro Ruslon Xo‘jaevga O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni va qonun osti hujjatlari tushuntirildi va telegramm ijtimoiy tarmogidagi https://t.me/royalqushkupir telegramm kanali o‘chirilib qonun buzilish xolatlari bartaraf qiligan.
Hududiy boshqarmaning ish rejasi bo‘yicha Ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan ma’lumotlar ko‘rigi ommaviy axborot vositalari (televideniya, gazeta) hamda telegram ijtiomiy tarmoqlarida jami 49 ta shulardan 9 tasi mahalliy televideniyalarda, 27 tasi gazetada, 13 tasi telegram ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazilgan. O‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, 13 ta telegram ijtimoiy tarmoqlarda kamchiliklar aniqlanib ularga tuzatish kiritilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘z vaqtida qaror talablariga moslashtirilishi va demontaj qilinishi lozim bo‘lgan lekin bugungi kungacha o‘z vaqtida qaror talablarini bajarmagan tashqi reklama konstruksiyalari bo‘yicha jami 10 ta da’vo ariza (16 ta tashqi reklama konstruksiyasi) shundan 3 ta da’vo ariza Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga (8 ta tashqi reklama konstruksiya), 7 tasi Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga (8 ta tashqi reklama konstruksiya) kiritilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari (savdo do‘koni, umumiy ovqatlanish dorixona va sh.k.)da tashqi qismiga o‘rnatilgan reklama-axborotlarini joylashtirilishi bo‘yicha ma’lumotlar doimiy ravishda har oyning 5 sanasigacha elektron ravishda ilova qilinib kelinmoqda.
Hududiy boshqarma tomonidan, reklama qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tamaki, tamaki mahsulotlari, chilim, elektron sigaretalar va alkogolli ichimliklar reklamalarini tarqatishni oldini olish maqsadida maqolalar tayyorlanib https://t.me/Xorazm_Antimon, https://t.me/kh_istemolchi, https://t.me/Xorazmfaxrim, https://t.me/aokaxorazm, https://t.me/xivashahar, https://t.me/Xorazm_News telegram ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi.
Viloyat hududida joylashgan tashqi reklama vositalarida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazilib, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasi joylashtirilgan 38 ta xolat kuzatildi. Shundan ijtimoiy tarmoqlarda 12 ta tashqi reklama vositalarida 26 ta.
Ushbu xolatlar yuzasidan reklama joylashtirgan sub’ektlariga qonun talablari yuzasidan ravishda tushuntirish berilib, 26 ta noqonuniy reklama olib tashlandi va ularga hududiy boshqarmaning ogohlantirish xatlari taqdim qilindi.
Bundan tashqari, hududiy boshqarma tomonidan “Halol mehnatingizni-qimorga sarflamang” nomli makola tayyorlanib viloyatimizdagi “Gurlan hayoti” gazetasining 15-iyundagi 11-sonli tahririda chop qilindi.
Xorazm viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan o‘rganish natijasida reklama vositalarini daraxtlar, butalar va daraxt shoxlariga joylashtirilgan 47 ta holat kuzatilib, noqonuniy joylashtirilgan tashqi reklama vositalari olib tashlandi va yo‘l qo‘yilgan qonun buzulishlar bartaraf qilindi.
Bundan tashqari, hududiy boshqarma tomonidan “Daraxtlarga o‘rnatilgan tashqi reklama vositalari olib tashlandi” nomli makola tayyorlanib viloyatimizdagi “Bog‘ot sadosi” gazetasining 18-iyundagi 6-sonli tahririda chop qilindi.
Hududiy boshqarma tomonidan viloyat hududida faoliyat yuritayotgan ho‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qilinishini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan aksiya, tanlov, o‘yin yoki shunga o‘xshash boshqa tadbirlar yuzasidan o‘rganishlar davomida tadbirlar o‘tkazgan “Xorazmavtotexxizmat” MChJ, “BOBUR TRANS LOGISTIK” MChJ, “NB WISE SCHOOL” nodavlat ta’lim muassasi, “GURLAN AVTOSALON” MChJlar tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra yutuq sovg‘alari taqdim qilganligi ma’lum bo‘lgan.
Hududiy boshqarma tomonidan, tashqi reklamalarning davlat va jamoat manfaatlariga, ahloq va ma’naviyatning umume’tirof etilgan normalariga to‘liq rioya qilinishi o‘rganilganda Xiva shahrida tashqi reklama vositalari joylashtirgan jami 225 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bilan uchrashildi va 79 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektida kamchiliklar kuzatilib, tashqi reklama vositalari sub’ektlar tomonidan bartaraf qilindi.
Hududiy boshqarma tomonidan “Telegram” messenjerining O‘zbekiston auditoriyasi uchun mo‘ljallangan telegram ijtimoiy tarmoqlaridan hisobot davrida jami 155 ta telegram kanallarida (misol uchun: t.me/Xorazm_elonlari_reklama, t.me/Xorazm_reklama, t.me/Urganchshop, t.me/nl_store_urgench, t.me/reklamalar_maydoni_r, t.me/Xorazm_ish_reklama, t.me/Xorazm_News, t.me/Urganchavtobozor2021, t.me/XorazmelonN1, t.me/Xorazm faxrim va boshqalarda) o‘rganishlar ishlari o‘tkazilib, jami 35 ta biologik faol qo‘shimchalar reklamasida davolovchi xususiyatiga ega jumlasidan foydalanilgan holat kuzatildi. Ushbu holat yuzasidan telegram kanal admini bilan tushuntirish ishlari o‘tkazilib 35 tasi bartaf qilindi.
Agentlikning 26-yanvar 2021-yildagi 01-ICh-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 2021-yilga mo‘ljallangan ish rejaga hamda hududiy boshqarmaning 2021-yil 1-fevraldagi 11-i/ch-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ish rejaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 104-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi va tasdiqlangan normalarga rioya etilishini nazorat qilishni tashkil qilish belgilangan.
Shunga asosan, Vazirlar Mahkamasining 104-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-aprelda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan yig‘ilish o‘tkazilib, 175-sonli yig‘ilish bayoni rasmiylashtirildi va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirish lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.
Chora-tadbir rejasiga asosan tuman (shahar) hokimlarning birinchi o‘rinbosarlariga topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, hududiy boshqarma tomonidan, ushbu qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘z vaqtida qaror talablariga moslashtirilishi va demontaj qilinishi lozim bo‘lgan lekin bugungi kungacha o‘z vaqtida qaror talablarini bajarmagan tashqi reklama konstruksiyalari bo‘yicha jami 10 ta da’vo ariza (16 ta tashqi reklama konstruksiyasi) shundan 3 ta da’vo ariza Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga (8 ta tashqi reklama konstruksiya), 7 tasi Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga (8 ta tashqi reklama konstruksiya) kirtilgan.
Shunga asosan hududiy boshqarma tomonidan Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga 4 ta da’vo ariza (6 ta tashqi reklama konstruksiya) kiritilib 2 ta da’vo ariza qanoatlantirildi, 1 ta da’vo ariza ko‘rilmasdan qoldirildi, 1 tasi qisman qanoatlantirildi.
Shuningdek, shartnoma tuzilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida jami 314,31 mln.so‘m mablag‘ o‘tkazilgan bo‘lib, shartnoma tuzish ishlari davom etmoqda.
Hududiy boshqarma tomonidan tashqi reklama vositalarning elektron ma’lumotlar bazasi shakllantirilib borilmoqda.
Agentlikning ushbu topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Xorazm viloyati hududida faoliyat yuritayotgan https://t.me/OzodSoat telegram tarmog‘i hamda https://www.instagram.com/p/SM0TEKulHev/?igshid=ab4ekhydotoj instagram tarmog‘i orqali joylashtirilayotgan ma’lumotlar o‘rganilib, https://t.me/OzodSoat telegram tarmog‘i admini “Ozod-Soat”mchj rahbariga 771/01-09-son, https://www.instagram.com/p/SM0TEKulHev/?igshid=ab4ekhydotoj instagram tarmog‘i admini “Gulshan Nur” mchj rahbariga № 774/01-09-sonli ogoxlantirish xatlari berilib, ijtimoiy tarmoqdagi alkogol ichimliklar reklamasi olib tashlanib https://t.me/OzodSoat hamda https://www.instagram.com/p/SM0TEKulHev/?igshid=ab4ekhydotoj ijtimoiy tarmoqlari faoliyati to‘xtatilib qonun buzilish xolatlari bartaraf qilindi.
Hududiy boshqarma tomonidan, viloyat hududida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan nodavlat ta’lim va xorijda o‘qish xizmatlarini ko‘rsatish, davolash, tibbiy xizmat va diagnostika xizmatlarini ko‘rsatish, xalq tabobati bilan bog‘liq faoliyatga oid axborotlarni o‘rganish orqali ushbu faoliyatning qonuniyligini (litsenziya va ruxsatnomalar mavjudligi, litsenziya bitimi bilan ruxsat etilgan yo‘nalishlarga mosligi, nostirifikatsiya masalalari) o‘rganish ishlari o‘tkazilib, “Akbar Travel Asia” MChJ tomonidan YaTT Samatov Ruslon, “ROSUNIVER” xususiy korxonasi tomonidan Urganch shahar Shovot ko‘chasida (mo‘ljal:Darital savdo kompleksi) joylashgan binosining vitrinasida, “ShOX SULTON SEVARA” MChJ tomonidan Urganch shahar P.Maxmud ko‘chasida joylashgan bino vitrinasi hamda devor peshlavhasida, “URGANCH GUANGZHOU MEDICAL” MChJ tomonidan viloyatimiz telekanallari orqali tarqatilgan reklamalarni aniq va ishonchliligi o‘rganilib, “ShOX SULTON SEVARA” MChJ ,“ URGANCH GUANGZHOU MEDICAL” MChJ tomonidan taqdim qilingan tomonidan noto‘g‘ri reklama joylashtirilganliklari ma’lum bo‘ldi. Shu sababli, hududiy boshqarma tomonidan, noto‘g‘ri reklamani bartaraf qilish maqsadida ogohlantirish xatlari tayyorlanib ushbu tadbirkorlik sub’ektlariga taqdim qilindi.
Hududiy boshqarma tomonidan viloyat hududida tashqi reklamani moddiy madaniy meros ob’ektlarida, yo‘l belgilarida va svetoforlarda, ularning tirgaklarida yoki harakatni tartibga solib turuvchi boshqa har qanday qurilmalarda, shuningdek dov-daraxtlarni payhon qilish va tutash hududdagi obodonlashtirish vositalarini buzish yo‘li bilan joylashtirish holatlari o‘rganish maqsadida Xiva shahar “Ichon Kal’a” davlat muzeyi qo‘riqxonasi hamda Xiva shahar Deshon Kal’a Qo‘sha darvozalarda o‘rganish ishlari o‘tkazilib, “Ichon Kal’a” davlat muzeyi qo‘riqxonasida joylashgan moddiy madaniy meros ob’ektlari, ko‘hna obidalar, tarixiy arxitektura yodgorliklarida tashqi reklama ob’ektlarida tashqi reklama vositalari joylashtirilmaganligi kuzatildi.
Bundan tashqari, Xiva shahar Deshon Kal’a Ko‘sha darvoza hududida tadbiroklik sub’ektiga tegishli bo‘lgan shtender mavjudligi kuzatilib unga “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun va qonun osti hujjatlar bo‘yicha tushuntirish berildi.
Hududiy boshqarma tomonidan, agentlikning ushbu topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yirik savdo komplekslari, savdo do‘konlari va umumiy ovqatlanish shahobchalarining tashqi va ichki qismida elektron sigaretalarning reklama-axborotlari joylashtirish xolatlari yuzasidan hisobot davrida jami 139 ta tadbirkorlik sub’ektlarida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, savdo do‘konlari, umumiy ovqatlanish korxonalari va yirik savdo komplekslarining tashqi va ichki qismida “IQOS tez kunda O‘zbekistonda go.iqos.uz saytida ro‘yhatdan o‘ting va sovg‘aga ega bo‘ling” mazmunidagi reklamali-axborotlarini o‘rnatilinganlik holatlari kuzatilmadi.
Bundan tashqari, hududiy boshqarma tomonidan “IQOS tez kunda O‘zbekistonda go.iqos.uz saytida ro‘yhatdan o‘ting va sovg‘aga ega bo‘ling” mazmunidagi reklamali-axborotlarini joylashtirmaslik yuzasidan tayyoranlagan tushuntirish xatlari taqdim qilinganligini ma’lum qilamiz.
Hududiy boshqarma tomonidan, tashqi reklama ob’ektlarida (konstruksiyalarida), muayyan shaxs egallab turgan binolarning tashqi tomonida hamda binolarga kirish joylarida xorijiy tillarda tushunarsiz va mantiqsiz, ahloq-odob normalariga zid ravishda turli hil mazmunsiz lavhalar joylashtirilganligi yuzasidan shahar va tuman hokimliklarining ma’naviy marifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari mutaxassislari bilan birgalikda Xiva shahar, Urganch tumanlarida bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Bundan tashqari, bugungi kunda ushbu masalalar yuzasidan tegishli ishlarni amalaga oshirish maqsadida Urganch shahar hokimligining ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari mutaxassislari hamda tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazildi.
Agentlikning 2021 yilda amalga oshiriladigan asosiy ishlar rejasiga kiritilgan xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan xorijiy mutaxassislarni jalb qilishning huquqiy asoslarini o‘rganishda joriy yilning 4 avgustida XORAZMBUGUN/24 telegram kanali orqali “KUVONCh-ShIFO” klinikasi tomonidan tibbiy xizmatlar reklamasi efirga uzatilganligi mazkur reklamada, klinikaga Rossiya Federatsiyasining bir guruh tibbiyot xodimlari tashrif buyurishi, eng zamonaviy davolash standartlari bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazilishi holatlari bo‘yicha keltirib o‘tilgan axborotlarga to‘liq mos kelishi ma’lum qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripovning joriy yil 6 avgust kuni Xorazm viloyatiga amalga oshirgan tashriflari davomida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Xorazm viloyati hokimligiga Urganch-Xiva yo‘nalishidagi Forum marshrutiga kirgan barcha reklama ustunlarini standartlarga mos tarzda tartibga keltirish, Urganch va Xiva shaharlari hududlaridagi barcha reklama ustunlariga LED ekranli reklama qurilmalari o‘rnatilishini ta’minlash vazifasi berilib,bu yuzasidan tadbirkorlik sub’ektlariga, Qonun va qaror talablari tushuntirilgandan keyin o‘z hohishlariga ko‘ra jami 12 ta tashqi reklama konstruksiyasi demontaj qilindi, 4 ta tashqi reklama konstruksiyasi hududiy boshqarma ko‘rsatmasidan keyin qaror talablariga moslashtirildi.
Bundan tashqari, Urganch shahrida joylashgan 1 ta bilbord tadbirkorlik sub’ekti tomonidan LED monitorga o‘zgartirildi. Shuningdek, bugungi kunda Urganch-Xiva yo‘nalishida jami 12 ta LED ekranli monitor joylashgan.
Ushbu yo‘nalishda joylashgan sim yog‘ochlarda, yo‘l bo‘ylarida joylashgan tadbirokrlik sub’ektlari tomonidan o‘z boshimcha o‘rnatilgan 25 ga yaqin tashqi reklama vositalari hududiy boshqarma xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida olib tashlandi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-sonli qaroriga asosan, tashqi reklama ob’ektlarini (konstruksiyalarini) tartibga solish, ularga yer ajratish qurish va o‘rnatish bo‘yicha tegishli ruxsatnomalar berish hamda ushbu hujjatlarni bekor qilish bo‘yicha tuman (shahar) hokimliklari vakolatli organ hisoblanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hududiy boshqarma tomonidan Urganch-Xiva yo‘nalishidagi reklama ustunlarini LED ekranli reklama qurilmalariga o‘zgartirish bo‘yicha Urganch shahar, Xiva shahar, Urganch tuman hokimliklariga vakolati doirasida amaliy yordam berilishini so‘rab xat jo‘natildi.
Hududiy boshqarma tomonidan, 100 ta hududdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, reklama va marketing soxasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlarga joriy yilning 8-9-oktabr kunlari Toshkent shahrida “TAF” Toshkent reklama festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan to‘g‘risida ma’lumotlar berildi va qatnashuvchilar ro‘yxati shakllantirildi, festival o‘tkazilishi to‘g‘risida tayyorlangan video roliklarni Led monitorlarga joylashtirilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan, jami 121 ta alkogol mahsulotlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda o‘rganish o‘tkazilib, shundan 35 ta tadbirkorlik sub’ekti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni va qonunosti hujjatlariga rioya qilmaslik holatlari aniqlanib, ushbu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga ogohlantirish berilib, tushuntirish o‘tkazilgandan keyin qonun buzilishlar bartaraf qilindi.
Agentlikning ushbu topshirig‘i yuzasidan har chorakda amalga oshirilganligi va aniklangan kamchiliklar yuzasidan solishtirmasi
Hududiy boshqarma xodimlari tomonidan Urganch shahrining Pahlovon Mahmud, Al-Xorazmiy, Tinchlik ko‘chalarida hamda Markaziy dehqon bozori va uning yon atrofidalarida, shuningdek, Yangibozor, Gurlan, Yangiariq tumanlarining markazlarida va Xiva tumaning Juryon mahallasi hamda Xiva shaharlarida o‘rganish o‘tkazilib, o‘rganishlar davomida, Urganch shaharning Pahlavon Mahmud ko‘chasida 1 ta holatda va Yangiariq tuman markazida 1 ta holatda, Xiva shahar markazida 2 ta holatda, jami 4 ta holatda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan faoliyat yuritayotgan ob’etlariga bukmekerlik va totalizator xizmatlariga doir reklamalar o‘rnatilganligi aniqlanib, ushbu holatlar o‘z joyida bartaraf qilinishi ta’minlandi.
Hududiy boshqarma tomonidan, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-son qarorida belgilangan asosiy chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimiz hududida joylashgan tashqi reklama obektlarini (konstruksiyalarini) joriy holati doimiy ravishda ko‘zdan kechirib turulganligi va joriy yilning 9-dekabr kuni 1 ta holatda tashqi reklama obektida reklama banneri yirtilgan va osilgan holatda turganligi aniqlanib tezda bartaraf qilingan.
Shuningdek, hududiy boshqarma tomonidan 2020-yil 12-oyligida bajarilgan ishlarni, 2021-yil 12 oyllikda amalga oshirilgan ishlar bilan solishtirilmasi:
Joylashtirilgan (tarqatilgan) reklamalarni reklama to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga mosligi yuzasidan olib boriladigan o‘rganish (monitoringlar) soni
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan
murojaatlarning ko‘rib chiqilishi bo‘yicha.
2021-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan hududiy boshqarmaga 1054 ta murojaat kelib tushgan. Jumladan, murojaatlarning 302 tasiga tushuntirish berilgan, 54 tasi tegishliligi bo‘yicha vakolatli organga yuborilgan, 1 tasi O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunning 25-moddasi 4-qismiga asosan zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganligi sababli qaytarildi. va qolgan 639 tasi qanoatlantirilgan bo‘lib, 58 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda shundan 122 ta haolatda iste’molchilarga 629 722,2 ming so‘m mablag‘ qayta hisob kitob qilinishiga erishilgan.
Hududiy boshqarma tomonidan sohadagi mavjud muammolar va ularni bartaraf
etish bo‘yicha takliflar.
1. Hududiy boshqarma tomonidan, viloyat hududida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarga kommunal xizmatlar uchun narx (tarif)larini to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘rganish davomida quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarda bir-biriga zid keluvchi holatlar mavjudligi kuzatildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi
PQ-3651-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Nizomning 100-bandida “Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherik (yakka tartibdagi tadbirkor shaklida) davlat sherigiga ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma ilova qilinadi” – deb belgilangan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
12-yanvardagi 22-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish” Qoidalarining 104-bandida “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun xonadonlar, xususiy uy-joylar, bog‘ uchastkalari va boshqa shaxsiy ob’ektlardan foydalanilganda, ishlatilgan elektr energiyasi uchun tadbirkorlik faoliyatining (savdo, xizmatlar ko‘rsatish, tovarlar ishlab chiqarish va boshqa) turi bo‘yicha elektr energiyasi iste’molchilarining tarif guruhiga muvofiq haq to‘lanadi.
Bunda tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan elektr energiyasi bo‘yicha hisob-kitoblar uchun alohida elektr energiyasini hisobga olish pribori o‘rnatilishi zarur” – deb ko‘rsatilgan.
Ya’ni, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil qilish uchun YaTT sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun mazkur sub’ektlar O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasida ko‘rsatilgan imtiyozdan foydalana olmayotganligi kuzatildi.
Yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llanilishi yuzasidan yuzaga keladigan bahsli holatlarni oldini olish va aniqlashtirish maqsadida, ushbu normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif qilinadi.
2. Respublikamiz hududida yetishtirilmaydigan, ishlab chiqarilmaydigan va katta hajmlarda import qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatini shakllantirgan holda ushbu mahsulotlarni import qilayotgan sub’ektlarning bir-biriga aloqadorligi (bitta shaxslar guruhiga mansub sub’ektlar viloyat hududlarida alohida ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lishi mumkin), ushbu mahsulotlar uchun narxlarni shakllanishi, mahsulotlarni import qilishda boshqa subektlar uchun sun’iy to‘siqlar bor yoki yo‘qligi va raqobatga zid kelishib olingan harakatlar alomatlarini mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash maqsadida, Davlat bojxona qo‘mitasining elektron bazasi orqali o‘rganish va tahlil ishlarini o‘tkazish.
O‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar davomida jo‘natuvchilar tomonidan boshqa subektlarga mahsulot sotilishidagi raqobatga zid holatlar (mahsulot sotishni asossiz ravishda rad qilish, respublikamiz hududida faqat bitta sub’ekt bilan shartnoma tuzish) alomatlari bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda tegishli ishlarni olib borish.
3. Bugungi kunda tovar va moliya bozorlarida faoliyat olib borayotgan ustun mavqega ega korxonalarning asosiy qismini davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subektlar tashkil qilishini inobatga olib, Tovar va moliya bozorlarida ustun mavqega ega sub’ektlarning monopol mahsulotlarini ishlab chiqrishga hamda ish, xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan yangi xususiy subektlarni yaratilishini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash. Ayniqsa yuqori likvidli hisoblangan iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar uchun qisqa muddatli (yirik raqobatchilar bilan raqobatlashish darajasini inobatga olib, har bir soha bo‘yicha turli muddatlarga) soliq va bojxona imtiyozlarini belgilash.
Bunda bojxona imtiyozlari faqat asosiy ishlab chiqarish uskunalari uchun qo‘llanilishini shuningdek, faoliyatini yo‘lga qo‘yishlarida yuzaga keladigan har qanday sun’iy to‘siqlarni bartaraf qilinishini davlat tomonidan kafolatlanishi kerak.