Tovar va moliya bozorlarini tahlil qilish, ustun mavqeni suiiste’mol qilish, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish bo‘limi


1. Bo‘limning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

- tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

- tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni oldini olish hamda bartaraf qilish;

- tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustun mavqeni suiiste’mol qilishi, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarga qarshi kurashish hamda shu bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ular amalga oshirilishini nazorat qilish;

- yuqori likvidli monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilish;

- yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qo‘yilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiish.

2. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

- tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o‘rganadi va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi;

- ustun mavqeni suiiste’mol qilish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo‘yish choralarini ko‘radi;

- “kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

- davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda monopoliyaga qarshi komplaensni joriy etadi;

- ustun mavqeini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; 

- yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;

- tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar davlat reestriga kiritilgan xo‘jalik sub’ektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi;

- tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hamda tabiiy monopoliya sub’ektlarining davlat reestrlarini shakllantiradi va yuritadi;

- tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;

- shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor kontsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish;

- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarini ko‘rib chiqadi;

- maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda tovar-xomashyo birjalari a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga tovar-xomashyo birjalari tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi;

- qonun xujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.


Maxalliy xokimiyat organlari qarorlarining raqobat mug‘itiga ta’sirini baholash va nohalol raqobatga chek qo‘yish bo‘limi


1. Bo‘limning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

- qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik;

- raqobat muhitini rivojlantirish uchun qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish va zarur shart-sharoitlarni shakllantirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxona va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan qaror, farmoyish va boshqa hujjatlar loyihalarini monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga mosligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorlarida, birinchi navbatda ichki iste’mol bozorida nohalol raqobatga chek qo‘yish chora-tadbirlarini amalga oshirish.

2. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

- raqobatni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni rahbariyatga kiritadi;

- raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat organlari reestrini yuritadi va e’lon qiladi;

- mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli ishlarni amalga oshiradi;

- o‘z vakolatlari doirasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni insofsiz raqobatchilardan va davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ular mansabdor shaxslarining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchi xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilishni ta’minlaydi;

- o‘z vakolatlari doirasida davlat organlari va ustunlik mavqeini egallab turgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tovar yoki moliya bozorlariga kirishini ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlari va boshqa hujjatlar ijro etilishini nazorat qiladi;

- tanlov (tender) va birja savdolari o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;

- yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga mutlaq huquqni sotib olish bilan bog‘liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;

- loyihalar va amaldagi qonun hujjatlarini raqobatga ta’sirini baholashda tovar va moliya bozorlarida raqobatni bevosita yoki bilvosita cheklaydigan davlat tomonidan tartibga solinadigan me’yorlarni aniqlaydi;

- tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yanada takomillashtirishga qaratilgan strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi;

- amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini raqobat muhitiga ta’sirni baholashning “ex-ante” va “ex-post” usullaridan foydalangan holda raqobat qonunchiligi buzilishini aniqlaydi hamda oldini oladi;

- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha takliflar kiritadi.


Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish,narx va tariflar va ularning qo‘llanilishini nazorat qilish bo‘limi


1. Bo‘limning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

- tabiiy monopoliya sub’ektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish;

- tabiiy monopoliya sub’ektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va majburiy tarzda xizmat ko‘rsatiladigan iste’molchilar ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar kiritish;

- tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qilish.

2. Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

- bo‘limning ustuvor vazifalari bo‘yicha yillik va choraklik ish rejalarini hududiy boshqarmaning tegishli o‘rinbosari bilan kelishilgan holda ishlab chiqish, uning ijrosi yuzasidan ishlarni tashkil etish va sifatli hamda belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qilish;

- “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni asosida monopoliyaga qarshi qonunchiliklarga rioya etilishi yuzasidan o‘tkaziladigan tekshirish va tahlillarga taalluqli bo‘lgan uslubiy qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

- monopoliyaga qarshi qonunchilikni va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, qonunlar, qarorlar va boshqa normativ hujjatlar loyihalari bo‘yicha xulosa va takliflar tayyorlash;

- “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan amalga oshiriladigan tekshirish va tahlillarni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish, ularning natijalarini umumlashtirish, tekshirish va tahlillar natijasida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun hududiy boshqarma rahbariyatiga takliflar tayyorlash;

- bo‘lim tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va o‘tkazilgan tekshirishlar natijalarini Viloyat hokimligiga va viloyat ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;

- “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlari talablarini buzgan va hududiy boshqarma tomonidan berilgan yozma ko‘rsatmalarni bajarmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va ularning mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

- “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlari talablarini buzgan mansabdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qo‘llanilgan moliyaviy sanktsiyalarni o‘z vaqtida undirilishi yoki iste’molchilarga qaytarilishi bo‘yicha doimiy nazoratni olib borish;

- tabiiy monopoliyalar tarmoqlarini tarkibiy o‘zgartirishning ulardan raqobat muhiti sharoitlarida faoliyat ko‘rsata oladigan ishlab chiqarishlarni ajratilishi va keyinchalik ularni xususiylashtirishni nazarda tutuvchi dasturlarni ishlab chiqarish va amalga oshirish ustidan nazorat olib borish;

- korxonalar o‘zlarning monopol mavqeidan foydalanib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxlarning ichki bozorda asossiz ravishda oshirib yuborishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tabiiy monopoliya faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;

- qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga mos kelishi yuzasidan ekspert xulosalarni tayyorlashda qatnashish;

- tabiiy monopoliya sub’ektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish;

- tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qilish.

- tabiiy monopoliyalar faoliyatini boshqarishga doir qonun hujjatlarini ishlab chiqishda qatnashish;

- “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlari qo‘llanishi yuzasidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;

- tabiiy monopoliyalar sub’ektlari faoliyatini raqobatni cheklashga qaratilgan harakatlari, tovar bozorlarini normal ishlashiga to‘sqinlik qilishi, boshqa korxona va shaxslar manfaatlariga zid hatti-harakatlarni amalga oshirmasligi va tovar bozorida sun’iy taqchillik keltirib chiqarilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tahlil etish;

- boshqarma rahbariyati ma’ruzasiga ushbu bo‘lim faoliyatiga doir hujjatlarni tayyorlash;

- tabiiy monopoliya va boshqa ho‘jalik faoliyatiga, bozorni harakatlanishiga, raqobatni, tadbirkorlikni rivojlantirishga hamda yangi iqtisodiy tuzilmalarni barpo etishga taalluqli bo‘lgan qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni loyihalari bo‘yicha xulosalar tayyorlaydi, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash amaliyotini umumlashtiradi va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

- tabiiy monopoliya sub’ektlarining tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi, qo‘shilishi, bo‘linishi va tugatilishi hamda aktsiyalarni sotish, sotib olish, qayta sotish masalalarini nazoratini olib borish;

- bo‘lim xodimlari tomonidan tabiiy monopoliya sub’ektlari tarafidan o‘z kapitalining 10 % dan ortig‘idan asosiy ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan asosiy vositalarini sotib olish yoki egalik qilish huquqini qo‘lga kiritishi yoki o‘z kapitalining 10% dan ortiq asosiy vositalarni boshqa ho‘jalik yurituvchi sub’ektlarga sotishi yoki egalik huquqini berishi ustidan nazoratni to‘g‘ri amalga oshirilishini nazorat qilish;

- hududdagi korxona va tashkilotlarning, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi tabiiy monopoliyalar hujjatlariga taalluqli bo‘lgan masalalar bo‘yicha paydo bo‘ladigan kelishmovchiliklarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini nazorat qilish;

- majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlarni sotish tartibiga tabiiy monopoliyalar sub’ektlari tomonidan rioya qilinishini nazorat qilish;

- tabiiy monopoliyalar sub’ektlari tomonidan to‘liq hajmda xizmat ko‘rsatish uchun quvvatlar etarli bo‘lmagan taqdirda tovarlar majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga asosiy faoliyatni yoki asosiy funktsiyalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan eng kam darajada sotilishi va iste’molchilarni ta’minlashning eng kam darajalari tovarni sotish uchun ular o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda nazarda tutilishi ustidan doimiy nazorat qilish;

- o‘z vakolatlari doirasida muntazamlilik asosida iste’molchilarning tabiiy monopoliyalarning tovarlari bilan ta’minlanmaganligi mamlakatning milliy manfaatlariga va aholining normal hayot faoliyatiga real xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan iste’molchilarni aniqlash uchun ularning tabiiy monopoliyalar sub’ektlarining tovarlari bilan ta’minlanganligini tahlil qilish;

- tabiiy monopoliyalar sub’ektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxatiga belgilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi bo‘yicha boshqarma boshlig‘iga takliflar kiritish;

- bo‘lim faoliyatiga taalluqli bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish va xulosalar tayyorlash.


Uy-joy komunal xizmat ko‘rsatish,qurulish va transport soxasida iste’molchilar xuquqlarini ximoya qilish bo‘limi


1. Bo‘limning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

- uy-joy qommunal hizmat ko‘rsatish, qurilishva transport sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish  sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amaliy ijrosini ta’minlash;

- iste’molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma’lumotlarni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda olish imkoniyatlarini ta’minlash;

- aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

- iste’molchilarga ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;

- iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va ularning sifatini nazorat qilish sohasida hamkorlik qilish;

- iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish;

- vazirliklar va idoralar ishtirokida uy-joy qommunal hizmat ko‘rsatish, qurilish va transport sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni yanada takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, strategik dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqadi;

- uy-joy qommunal hizmat ko‘rsatish, qurilishva transport sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiladi;

- qonun hujjatlarining iste’molchilarga ta’sirini baholaydi, davlat organlarining iste’molchilarning huquq va manfaatlarini buzadigan qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik ishlarini tashkil qiladi; 

- inson hayoti, salomatligi, mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlar, shuningdek ularning ishlab chiqaruvchisi (ijrochisi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni iste’molchilarga etkazib boradi;

- iste’molchilarning huquqlari va manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini, shuningdek, aholining iste’mol madaniyatini oshirish bo‘yicha ma’rifiy ishlarni amalga oshiradi;

- Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Sifat kuni” marafoni tadbirini tashkil qiladi;

- iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha tushuntirishlar beradi;

- televidenie va radiokanallarda, davriy nashrlarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini, ushbu sohadagi muammo va kamchiliklarni hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, iste’mol madaniyati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish an’analarini keng targ‘ib qilish va tizimli ravishda yoritib borilishini ta’minlaydigan maxsus dasturlar (ruknlar) tashkil qiladi;

- iste’molchilar huquqlari va aholining iste’mol madaniyatini shakllantirish masalalarini tizimli va tahliliy yoritishga bag‘ishlangan teledasturlar chiqishini kengaytiradi;

- iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy masalalari bo‘yicha kundalik hayotda ko‘p uchraydigan savol va javoblar ko‘rinishidagi maxsus qo‘llanmalar (broshyuralar) tayyorlaydi va ularni aholi o‘rtasida, birinchi navbatda umumiy ta’lim maktablarida bepul tarqatilishini tashkil qiladi;

- iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

- iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qiladi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlari bo‘yicha ogohlantiradi;

- ayrim iste’molchilar, ularning guruhi va iste’molchilarning nomuayyan doiralari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha sud amaliyotini tahlil qiladi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;

- iste’molchilar huquqlari buzilishi bilan bog‘liq huquqni qo‘llash amaliyoti, suddan tashqari va sudgacha hal qilingan iste’molchilar ishtirokidagi nizolarni hal qilishning qo‘llaniladigan mexanizmlarini tahlil qiladi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;

- inson hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni aniqlashda ishtirok etadi;

- huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, huquqbuzarlikni keltirib chiqaradigan sabablarni va sharoitlarni aniqlaydi va o‘rganadi, ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi;

- iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratishda davlat boshqaruvi va nazorat qiluvchi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va jamoat organlari bilan birgalikda zarur chora-tadbirlarni olib boradi;

- iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, tashkilotlarda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organni xabardor qilgan holda (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmasdan) tekshirishlar o‘tkazadi;

- davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan harakatlaridan (harakatsizligidan) o‘z vakolatlari doirasida himoya qilishni ta’minlaydi;

- tadbirkorlik sub’ektlari bilan uy-joy qommunal hizmat ko‘rsatish, qurilish  va transport sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etishga ishontirish maqsadida profilaktika suhbatlarini o‘tkazadi;

- tadbirkorlik sub’ektlariga huquqbuzarlikni davom etishiga ular tomondan yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida tushuntirish orqali rasmiy ogohlantirish beradi, shuningdek, huquqbuzarlikka moyilligi bor tadbirkorlik sub’ektini, huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun javobgarligi to‘g‘risida ogohlantiradi;

- iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasini tartibga solishda ilg‘or xalqaro amaliyotni tahlil qilgan holda uy-joy qommunal hizmat ko‘rsatish, qurilish  va transport sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish milliy tizimining institutsional, tashkiliy va huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar tayyorlaydi;

- uy-joy qommunal hizmat ko‘rsatish, qurilishva transport sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish darajasining holati qoniqarliligi yuzasidan fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazishni tashkil qiladi;

- iste’mol bozorini, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxini (ishlar, xizmatlar) o‘zgarishi va ularga narxlarni shakllantirish tartibini tahlil qiladi;

- ichki iste’mol bozorlarida narxlar (ishlar, xizmatlar) ni barqarorlashtirish yuzasidan asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;

- tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustamalariga rioya etilishini tahlil va nazorat qilishda ishtirok etadi;

- bozorlarda import tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganishda, import o‘rnini bosish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda ko‘maklashadi;

- uy-joy qommunal hizmat ko‘rsatish, qurilish va transport sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni tartibga solish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning vakolatli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatadi hamda har taraflama hamkorlikni tashkil qiladi;

- uy-joy qommunal hizmat ko‘rsatish, qurilishva transport sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni tartibga solish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tizimli o‘rganish va joriy etishni amalga oshiradi;

- MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida uy-joy qommunal hizmat ko‘rsatish, qurilish  va transport sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish  faoliyatini tartibga solish sohasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bitimlarni imzolash bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etadi;

- qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi;

- bo‘lim faoliyatiga taalluqli bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish va xulosalar tayyorlash;

- bo‘lim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.


Savdo, umumiy ovqatlanish, turizm, ijtimoiy va moliyaviy xizmatlar, shuningdek aloqa xizmatlari sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi


1. Bo‘limning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

- O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni talablariga amal qilinishi ustidan davlat nazoratini olib borish;

- Iste’molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar), ularning ishlab chiqaruvchisi, ijrochisi va sotuvchisi to‘g‘risidagi haqqoniy va to‘liq ma’lumotlarni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda olish imkoniyatlarini ta’minlash; 

- Aholining iste’molchilik bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

- Monitoring (kuzatuv) ni tegishli tashkilot va organlar bilan birgalikda o‘tkazib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida takliflar va axborotlar kiritish;

- iste’mol bozorini, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxini o‘zgarishi va ularga narxlarni shakllantirish tartibini tahlil qiladi;

- ichki iste’mol bozorlarida narxlarni barqarorlashtirish yuzasidan asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi;

- tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustamalariga rioya etilishini tahlil va nazorat qilishda ishtirok etadi;

- bozorlarda import tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganishda, import o‘rnini bosish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda ko‘maklashadi;

- Qo‘mita tomonidan berilgan topshiriqlar va hududiy boshqarmaning asosiy ish rejasi asosida asosiy iste’molchilar bilan doimiy tahliliy ishlarini olib boradi.

- Iste’molchilardan kelib tushgan taklif, shikoyat va arizalarga belgilangan tartibda, muddatlarda ko‘rib chiqishni amalga oshiradi.

- Ommaviy axborot vositalari va matbuot orqali iste’molchilar huquqlarini himoya qilish  faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni yoritib boradi va tushuntirish ishlarini olib boradi.

- Belgilangan tartibda bo‘limning choraklik, yillik ish rejalarini ishlab chikadi va boshqarma boshlig‘iga tasdiqlatadi;

- Belgilangan tartibda bo‘lim tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risida hisobotlarni tayyorlaydi va Qo‘mitaga taqdim qiladi:

- “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish” to‘g‘risidagi qonuni, qaror va qoidalar bajarilishini hamda o‘rganish, tahlil va monitoring (kuzatuv)lar o‘tkazilishini nazorat qiladi va yuritadi.


Reklama faoliyatini tartibga solish bo‘limi


1. Bo‘limning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

- reklama bozorini tartibga solish yo‘nalishida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

- qonunda belgilangan tartibda reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

- reklama sohasida nohalol raqobatga va noto‘g‘ri reklamani yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘radi;

- reklama sohasida xorijiy davlatlarning davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshiradi;

- davriy nashrlar, kitoblar, hujjatli materiallarning televizion va radio dasturlari, reklama mahsulotlarini tayyorlash, tarqatish va joylashtirish uchun materiallarning bepul nusxalarini oladi;

- reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishi bo‘yicha tushuntirishlar beradi;

- reklama loyihalarining (video, audio va boshqa materiallar) reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar beradi;

- reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda reklama beruvchidan, reklama ishlab chiqaruvchidan va tarqatuvchidan zarur hujjatlarni, tushuntirishlarni va boshqa ma’lumotlarni so‘rab oladi;

- reklama beruvchiga, reklama ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchiga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzilganligi yuzasidan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatma yuboradi;

- seminar, ko‘rgazma, konferentsiya, shuningdek, ko‘plab tadbirlar, taqdimotlar va reklama tadbirlarini birlashtirgan holda, O‘zbekistonda marketing va reklama sohasida tadbirlar o‘tkazadi;

- tashqi reklamani joylashtirish bo‘yicha yagona siyosatni olib boradi;

- tashqi reklama ob’ektlarini qurish uchun berilgan er uchastkalari, davlat mulki bino va inshootlari ro‘yxatlarini tuzishda qatnashadi;

- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, madaniy, tarixiy va diniy ob’ektlar joylashgan joylardagi «reklamadan holi zonalar»ni aniqlashda qatnashadi;

- reklama bozorini tartibga solish masalalarida jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari, biznes vakillari va ilmiy muassasalar bilan yaqindan aloqa o‘rnatadi;

- reklama bozorini tartibga solish sohasida jamoatchilik nazorati faoliyatining muhimligini qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘radi.



бесплатно модули и шаблоны для dle