Davlat ko‘magi – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan o‘z faoliyatini samarali yuritish, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini sotish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yordam.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga, yuridik shaxslarning birlashmalariga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ko‘mak (yordami) soliq imtiyozlari, soliqlarni bo‘li-bo‘lib to‘lash yoki to‘lash muddatini uzaytirish, narx preferentsiyalari va grantlar, ruxsatnoma va litsenziyalar olish bilan bog‘liq majburiy to‘lovlardan ozod qilish, imtiyozli kreditlar ajratish, ruxsatnomalar va litsenziya olish jarayonlarini soddalashtirish, hamdatexnika tomondan tartibga solish talablarini yengillashtirish orqali namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, davlat tomonidan tovar va raqamli bozorlardagi umumiy shart-sharoitlarga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa bilvosita yordamlar xam ko‘rsatilishi mumkin.
Bugungi kunga kelib, Qo‘mita tomonidan xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga beriladigan imtiyozlar, preferentsiyalar va eksklyuziv huquqlarni samaradorligini baholashni tizimli monitoringini olib borish Tartibi” ishlab chiqilmoqda.
Ushbu hujjat loyihasi raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini kompleks tahlil qilish, berilayotgan imtiyozlardan foydalanishning iqtisodliy va ijtimoiy samaradorligi, hamda ularni raqobat muhitiga va tadbirkorlik faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’sirlarni o‘rganishni nazarda tutadi.
Samaradorlikni baholash va monitoringini yuritish ishlab chiqarish xajmlari, eksportning xajmi, energiya resurslarini iste’mol qilish, yangi texnologik jarayonlarni, asbob-uskunalrni, ishlab chiqarish quvvatlarini joriy qilish,yangi ishlab chiqarishlar, ixtirolar, patentlar, sanoat namunalaridan foydalanish, ilmiy –tadqiqot va tajriba-eksperimental ishlarni amalga oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ish xaqi fondini oshirishga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirish, imtiyozlardan foydalanish, tarmoqdagi xususiy sektorning ulushi, raqobatchilarning soni kabi ko‘rsatkichlardan foydalangan xolda amalga oshiriladi.
O‘tgan hisobot davrida Qo‘mita tomonidan iqtisodiyotning alohida sohalarida – elektrotexnika tarmog‘i, avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, telekommunikatsiya, yog‘-moy sanoati va boshqar tarmoqlarda davlat tomonidanberilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari, preferentsiyalarni sohadagi raqobatga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganildi va tahlil qilindi.
O‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga tegishli takliflar yuborildi.