2020 yil 1 noyabr` holatiga Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi va uning hududiy boshqarmalariga xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni qo’shib yuborish va qo’shib olish hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondidagi (kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olish bo’yicha bitimlarga oldindan rozilik berish bo’yicha jami 121 ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan, 28 tasi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni qo’shib yuborish va qo’shib olish yuzasidan bo’lib, 93 tasi ustav fondidagi (kapitalidagi) aktsiyalarni (ulushlarni) olishga doir murojaatlar hisoblanadi.
Ushbu murojaatlarning 25 tasi xorijiy investorlarga tegishli.Shu bilan bir qatorda “Raqobat to’g’risida”gi Qonun talablari buzilganligi uchun, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektning ustav fondidan ulush olishda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olmasdan amalga oshirilgan bitim sababli 3 ta xo’jalik sub’ektiga nisbatan ish
qo’zg’atilib ko’rsatma berildi.
Joriy yilning 10 oyi (yanvar`-oktyabr`) davomida kelib tushgan barcha murojaatlar chuqur tahlil qilinib, Qo’mita tomonidan jami 2403 mlrd. so’mlik bitimlarga oldindan rozilik berildi, shundan 50 foiz, ya’ni 1199 mlrd. so’mlik bitimlar xorijiy investorlar hissasiga to’g’ri keladi.
Xorijiy investorlar tomonidan asosan to’qimachilik, farmatsevtika, axborot exnologiyalari, elektrotexnika, qurilish, oziq-ovqat va shu kabi sohalarga to’g’ridan-to’g’ri mablag’lar va zamonaviy texnologiyalar ko’rinishida investitsiyalar kiritilishi ko’zda tutilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi Matbuot xizmati