Hududiy boshqarma o‘ziga berilgan vakolatlari doirasida tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qilish vazifalarini bajaradi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qo‘llanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom bilan belgilangan.