Bugungi kunda taraqqiyot odimlarini shiddat bilan tashlayotgan О‘zbekistonda aholiga juda kо‘plab qulayliklar yaratilib kelinmoqda.
Bunga misol sifatida kommunal tо‘lovlarni xuddi mobil aloqa kabi amalga oshirish imkoni yaratilganligida kо‘rishimiz mumkin. Zero, oldingilar kabi gaz yoki elektr idorasiga borib navbat kutishga xojat qolmadi.
Ammo, elektron tо‘lovni amalga oshirgandan sо‘ng, u mablag‘ tegishli hisobingizga borib tushmasa nima bо‘ladi, muammoni kimga ayta olasiz?
Ushbu muammo bilan tо‘qnash kelgan fuqaro Monopoliyaga qarshi kurashish qо‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligiga “Call center” orqali murojaat qildi.
Hududiy boshqarma tomonidan о‘tkazilgan о‘rganishlar davomida, fuqaroga tegishli bо‘lgan “Agrobank” plastik kartasidan 150 000 sо‘m mablag‘ elektron tarzda gaz ta’minoti uchun tо‘langanligi, plastik kartasidan pul yechilganligi, lekin gaz ta’minoti bazasiga tushmaganligi ma’lum bо‘ldi.
Fuqaroning bu yuzasidan tegishli tartibda amaliy yordam sо‘rab qilgan murojaati, hududiy boshqarmaning aralashuvi natijasida, ijobiy hal etilishiga erishildi. Fuqaroning iste’molchi sifatidagi huquq va manfaatlari himoya qilingan holda “Agrobank” ATB viloyat filiali tomonidan fuqaroga tegishli bо‘lgan plastik kartaga 150 000 sо‘m mablag‘ qaytarilib berilishiga erishildi.
О‘z navbatida, murojaatgо‘y hududiy boshqarmaga о‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Shu о‘rinda eslatib о‘tish joizki, О‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish tо‘g‘risida”gi qonunining
21-moddasiga asosan sotuvchi (ijrochi) iste’molchidan kо‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishiga yо‘l qо‘yyilmaydi.
Xurmatli iste’molchi, Sizda shunga о‘xshash kabi holatlar yuzasidan iste’molchi sifatida huquq va manfaatlaringiz bо‘zilsa, О‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qо‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligining 1159 qisqa raqamiga yoki hududiy boshqarmaning (62) 223-17-33 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.