O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 30 oktyabrda “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni qabul qilindi.
Ushbu yuzasidan qo‘mita tomonidan qabul qilingan 2020 yil 6 noyabrdagi 125-P-sonli buyrug‘i ijrosini tashkil etish maqsadida hududiy boshqarma tomonidan ichki buyruq qabul qilindi.
Bundan tashqari, hududiy boshqarma boshlig‘i hamda hududiy boshqarma kasaba uyushmasi raisi bilan birgalikda boshqarma hodimlari o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzini xayotga tatbiq etish, ularning salomatligini tiklash va ish unumdorligini oshirish” maqsadida sport o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha grafik tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 2020 yilning 14 noyabr sanasida hududiy boshqarma hodimlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa davomida barcha xodimlar to‘liq ishtirok etib o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Mazkur sport tadbiri yakunida g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
Tasdiqlangan grafikka asosan, har oy yakuni bilan shaxmat, trenajyor yoki gimnastika, stol tennisi hamda futbol musobaqalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.