O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi
PQ-4887 sonli “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish Agentligining 13.11.2020 yilda 38-i/ch bo‘yrug‘i qabul qilingan bo‘lib, (hududiy boshqarmaning 17.11.2020 yil 175-i/ch-sonli) mazkur buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 15 yanvar kuni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi bilan hamkorlikda dietologiya bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘quv seminar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan seminarda jismoniy faollik hamda ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, shuningdek yetarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik oqibatida yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak qon-tomir va bir qator boshqa kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi tushuntirildi.
Aholining sog‘lom ovqatlanishi va jismoniy faolligini ta’minlashda davlat siyosatini yanada mustahkamlash, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, har bir fuqaroda sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik madaniyatini shakllantirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.