Huddi shunday muammo hududiy boshqarmaning ishonch telefoniga Urganch tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan kelib tushdi.
Iste’molchi 2020 yil avgust oyida Urganch shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkordan “Avalon AVL-12HQ” rusumli (12 lik) konditsioner sotib olgan va dо‘kon xodimlari tomonidan iste’molchining xonadoniga о‘rnatib berilgan.
Ammo vaqt о‘tishi bilan iste’molchi, “Avalon AVL-9HQ” rusumli (9 lik) konditsionerning motor qismi о‘rnatib ketilganligini bilgan.
О‘rganish jarayonida ma’lum bо‘lishicha murojaatda keltirib о‘tgan holatlar о‘z tasdig‘ini topdi.
Ushbu holat yuzasidan tadbirkorga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish tо‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasidagi talablar yuzasidan (ya’ni, ishni bajarish, xizmat kо‘rsatish tо‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining huquqlari, “ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar kо‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat kо‘rsatishi) shart” ) tushuntirish berildi.
Natijada iste’molchining xonadoniga shartnomada kelishilgan “Avalon AVL-12HQ” rusumli (12 lik) konditsioner motor qismi yangisiga almashtirib berildi.